"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputatlaridan iborat deputatlar Toshkent viloyatining Xalq deputatlari Olmaliq shahar kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Oliy Majis Senati devoni bo‘lim mudiri Abdurashid Altiyev va Xalq deputalari Toshkent viloyati kengashi raisi Sayyora Fayziyeva hamrohligida Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputatlaridan iborat deputatlar Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham bo‘lishdi. Ularni kombinat rahbari, senator Abdulla Xursanov kutib oldi.
Muhtasham “Metallurg” MS kiraverishida musavvir mahorati ila buyuk ajdodlarimiz tasviriga uyg‘unlashgan kamalak rang katta panno, arxeologik muzeydagi asori atiqalar va ulkan kombinatning zabardast ishlab chiqarish zanjiri bilan yaqindan, batafsil tanishgan mehmonlar yurt iqtisodiyoti ustunlaridan biri bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati haqida tasavvurga ega bo‘lishdi.
Shundan so‘ng, deputatlar Qalmoqqir kon boshqarmasining kuzatuv maydonidan turib, gigant ekskovatorlar kovshlaridagi toshlarni dumpkar va BelAZlarga ortayotgani, kengligi jihatidan dunyodagi katta konlar bilan bellashadigan Qalmoqqir konida qaynayotgan hayotni kuzatishdi.
So‘ng 3-mis boyitish fabrikasining kuzatuv maydonidan zamonaviy ishlab chiqarish fabrikasining qad tiklayotganiga guvoh bo‘lishib, o‘zlarida cheksiz havas, iftixor va hayrat tuydilar.
Muhandislar maktabida bo‘lgan deputatalar muhandislar malakasini qayta oshirib kelayotgan maktabdagi ilg‘or ta'lim jarayonlari bilan bevosita tanishib, laboratoriyalarda, payvandlash poligonida va texnologik sexda bo‘lishdi.
Axborot xizmati