• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Angren kon boshqarmasida raqamlashtirish samaradorligi

17 Yanvar 2023, 9:37 1711

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha sohalarida faol qo‘llanilmoqda. Raqamlashtirish yo‘nalishining rivojlanishi hisobiga esa tizimda aniqlik, shaffoflik, tejamkorlik, inson omilining kamayishi kabi natijalarga erishilyapti.

Bu borada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham yetakchi sanoat korxonalaridan hisoblanadi. 2022-yilning o‘zida kon-transport, ishlab chiqarish, infratuzilma hamda biznes jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha umumiy 48ta loyixa amalga oshirilgan. Shuningdek, bir qator avtomatlashtirilgan yo‘nalishlar rivojlantirilgan.

Xususan, kombinatning Angren kon boshqarmasiga qarashli “Qizil-olma” va “Razvedochnaya” kon shaxtalarida tog‘-kon dispetcherlik nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi joriy qilindi.

2022-yilning avgust oyida boshlangan ishlar dekabr oyida nihoyasiga yetdi. Bunda kombinat mutaxassislari Rossiya ilmiy-tadqiqot muhandislik markazi bilan hamkorlikda ish olib borishdi. Bundan tashqari, Angren koni muhandis-texnik xodimlari, tizimidan foydalanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitilib, malakalari oshirildi.

Yangi tizimning asosiy vazifalari bu mehnatkashlarning ish xavfsizligini oshirish, transport vositalari to‘qnashuvlarining oldini olish va jarohatlarni kamaytirishdan iboratdir. Shuningdek, tizim ishchilar, jihozlar va dispetcherlik xizmatini, muhandislar tomonidan nazoratga olish imkonini beradi.

Takidlab o‘tish joizki, “Radius 2” baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish ta'minoti xodimlarga yer osti konlaridagi avariya haqida va ularga shaxsiy qo‘ng‘iroq signalini yuboradi, hamda konning bosh chiroqlariga aloqani uzatadi.

Yer osti ishlarida konchilar va transoprt vositalarining harakatini nazorat qilish esa “Radiuskan-R” dasturiy ta'minoti yordamida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga Angren kon boshqarmasi, shaxtalarda elektron tibbiy ko‘rik tizimi, 44 ta transport va texnik vositalar ishini monitoring qilish hamda 759 nafar xodimlarning harakatini kuzatish va xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, videokuzatuv va sifatli radio aloqa bilan ta'minlandi.

Muxtasar aytganda, mamlakatimizda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi va sifatini ta'minlaydi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech