Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan sanalgan Angren kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan 2023-yil 9 oyida barcha rejaviy vazifalar bajarilishiga erishildi.
Jumladan, oltin tarkibli ruda qazib olish rejasi 102,8%ga bajarildi. Oltin tarkibli rudani qayta ishlash vazifa esa 103,3%ga ado etildi. Shuningdek, konsentratda 1-metall rejasi 101,2%ga, 2-metall rejasi esa 132,7%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.
Kon boshqarmasi tomonidan rejalarning bajarilishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaxshilash va ta'minlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash, muammolarni hal qilish, ombordagi qoldiqlarini kamaytirish bo‘yicha olib borilgan ishlar muhim omil bo‘ldi.
Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak texnologik jarayonlarni optimallashtirish, texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish, resurus tejovchi texnologiyalarni joriy etish va texnik modernizasiya ishlari, xaridlar jarayonini maqbulashtirish hisobida jami bo‘lib 25 782 770 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.
O‘tgan 9 oyda 58,364 mln kVt/s elektr energiyasi iste'moli belgilangan bo‘lsa, amalda 55,192 mln kVt/s elektr energiya sarflangan holda 3,172 mln kVt/s elektr energiya tejalgan(3172 000 000 so‘m).
Bunga elektr energiyasini teja bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar sabab bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, ko‘chani yoritadigan quvvati 150 Vt bo‘lgan svetodiodli yoritgichlar quyosh fotoelektr yoritkichlarga almashtirildi.
Kon boshqarmasi bo‘linmalaridagi mavjud elektr dvigatellarga chastotali muvofiqlashtirgichlar joriy etildi.
Texnologik uskunalarning ta'mirlash ishlarini optimallashtirish ham elektr energiyasining tejalishiga olib keldi.
Tabiiy gaz iste'moli prognozi 476,591 m kub belgilangan bo‘lsa, amalda 209,395 m kubni tashkil etganini ham alohida qayd etib o‘tish zarur.
Bundan tashqari “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy bo‘linmalari va sexlarini qayta texnik qurollantirish yo‘nalishi bo‘yicha Oltin saralash fabrikasining 2-sonli chiqindi to‘plash omborining qurilishi yakunlandi.
Uzunligi 5 km bo‘lgan 2-sonli chiqindixonaga shaxta suvlarini to‘kish uchun quvur yotqizish ishlari davom etmoqda.
Joriy yilning oxirigacha "Qizil-olma" va "Razvedochnaya" konlari uchun "Kon dispetcheri" avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimini takomillashtirish, Moddiy texnik ta'minot boshqarmasi bazasi omborini rekonstruksiya qilish (videokameralarni o‘rnatish, bazaning perimetri bo‘ylab panjara qurish, saqlash joylarini ta'mirlash) ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek, kon boshqarmasining “Asosiy”, “Razvedochnaya”, “Ventilyatsion” shaxtalarining ko‘tarish va drenaj qurilmalarini modernizasiya qilish, Oltin saralash fabrikasining 2-sonli chiqindi to‘plash omborini rekonstruksiya qilishning 2-bosqichini amalga oshirish, Samarchuq uchastkasi maydonida bo‘sh jinslarni saqlash uchun omborlar qurilishi kabi ishlar bajarilishi ko‘zda tutilgan.
Axborot xizmati