"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 16-may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta shtati delegatsiyasi OKMKga tashrif buyurdi.
Rasmiy delegatsiya tarkibida senatorlar, shtatning tabiiy resurslar departamenti, tog‘-kon sanoati uyushmasi va yetakchi kompaniyalar rahbarlari hamda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bo‘lib, mehmonlar dastlab, Qalmoqqir konida bo‘lishdi. AQShlik mehmonlar dunyodagi eng yirik konlardan biri sanalgan Qalmoqqir koni haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lishi, kondagi texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.
2017-yil davlatimiz rahbari tomonidan qurilishiga start berilgan “Yoshlik-1” koni mehmonlarning nabatdagi manzili bo‘ldi. Konning zahirasi, istiqboli haqida mehmonlar to‘liq xabardor etildi.
Yiliga 60 mln tonna ma'danni qayta ishlash quvvatiga ega, zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlanayotgan 3-Mis boyitish fabrikasining qurilishi ham mehmonlarga tanishtirildi.
Delegatsiyaga Yuta shtatida ro‘yxatdan o‘tgan va 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishida texnologik uskunalarni yetkazib berayotgan “FLS” kompaniyasi vakillari hamrohlik qilishdi.
Tashrif davomida OKMK rahbariyati va mehmonlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Yuta shtati mis konlarida qo‘llanilayotgan texnikalar va texnologiyalar hamda ularni transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganish, muhim texnologik metallarni qazib olish va qayta ishlash sohasida investitsiyaviy hamkorlikni o‘rnatish, jumladan qo‘shma loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, tomonlar EP Systems va Cambell Companies vakillari bilan karyerlarni energiya ta'minotining intellektual tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish, “FLS” kompaniyasi bilan amaldagi loyihalar doirasida texnik muzokaralarni o‘tkazish va keyingi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.
Yuta tabiiy resurslar departamenti ijrochi direktori Joel Ferri ta'lim sohasidagi hamkorlikka, jumladan, AQShdagi eng yaxshi universitetlardan biri bo‘lgan Yuta universitetining metallurgiya fakulteti bilan talabalar almashinuviga alohida qiziqish bildirdi.
Mazkur tashrifdan asosiy ko‘zlangan maqsad respublikaning tog‘-kon sanoati salohiyati bilan tanishish, jumladan, muhim metallar sohasida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, Toshkent viloyati va Yuta shtati o‘rtasida hududiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga ham e'tibor qaratilmoqda.
Ma'lumot uchun: Yuta shtati poytaxsti Solt-Leyk-Siti shahri (3,4 mln aholi). Gubernator – Spenser Dj. Koks. Iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari: tog‘-kon sanoati, energetika, aerokosmik va mudofaa sanoati, axborot texnologiyalari, biotexnologiya va qishloq xo‘jaligi sanaladi. Eng ko‘p tabiiy resurslari: mis, molibden, oltin, kumush, uran, ko‘mir va litiy. Eng katta mis koni – Bingem-Kanon. 1863-yildan buyon ma'dan qazib olinadi. Hozirda Rio Tinto Britaniya xoldingiga tegishli.
Axborot xizmati