Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK boshqaruvi raisining 2022 yil 31 avgustdagi 1037-sonli buyrug‘iga muvofiq, tuzilgan ishchi guruh tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari Avtomobil transporti boshqarmasida o‘tkazildi.
Ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar masalalari va hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi bo‘yicha o‘rganish ishlarining yakunlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi joriy yilning 21 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Shermatov, transport va logistika bo‘yicha o‘rinbosari R.Sanaqulov, mas'ul rahbarlar va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar muhokama etildi. Aniqlangan kamchiliklarning aksariyati o‘rganish mobaynida barataraf etilgani qayd etib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirda o‘rta bo‘g‘in xodimlarining hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish uchun o‘quv kurslari tashkil etish, ishchi-xodimlarning fikr va mulohazalari, e'tirozlari uchun maxsus Murojaat qutilarini joylarda ko‘paytirish va harakatlantirish hamda korxona buyrug‘i asosida ushbu murojaat qutilarini komission ravishda tizimli ravishda haftada 1 marotaba ochib o‘rganish ishlarini tashkil qilish lozimligi haqida takliflar bildirildi.
Aniqlangan muammo va kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Har bir mas'ul rahbarning ishchi-xodimlar bilan muntazam ochiq muloqotini yo‘lga qo‘yish lozimligi ta'kidlandi.
Shu o‘rinda aziz kombinat ishchi-xodimlariga eslatib o‘tamiz. Sizning korxonangizda qonunbuzilish holatlari bo‘layaptimi? Sizni qandaydir muammo qiynayaptimi? Unda telegram messenjeri orqali @OKMK_OFFICIAL_bot manziliga murojaat qiling. Sizning murojaatingizga mas'ullar javob beradi.
Axborot xizmati