• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Axborot texnologiyalari - taraqqiyot garovi

23 Iyul 2024, 10:7 976

Axborot texnologiyalari - taraqqiyot garovi

Sir emas, texnika asrida dunyoning rivojlangan mamlakatlarida davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot, sanoat, ijtimoiy himoya, ta'lim, tibbiyot, bandlik, qishloq ho‘jaligi, mudofaa, xavfsizlik, turizm va boshqa sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish tobora rivojlanib bormoqda.

O‘zbekistonda ham axborotlashtirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 2030-yilga qadar innovatsion taraqqiy etgan yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin egallash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Buning uchun esa bir qator me'yoriy huquqiy normativ hujjatlar qabul qilinib, aynan axborot texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashga katta e'tibor qaratilayapti.

OKMK rahbariyatining tashabbusi bilan “Metallurg” madaniyat saroyida tashkil etilgan seminar treningda ham yoshlar o‘rtasida IT sohasini o‘rnini yuksaltirish va ommalashtirish maqsad qilindi.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston IT Hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov hamda School 21 direktori Zarina Luxmanova axborot texnologiyalarining bugungi kundagi o‘rni, uning jamiyat rivojida ahamiyati bo‘yicha qimmatli ma'lumotlarni berishdi.

Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruv raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari v.b. Ravshan Maksumov kombinat faoliyatida axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni, so‘nggi yillarda sohada erishilgan yutuqlar, kombinatda raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Seminar trening spikerlari interaktiv o‘yinlari orqali axborot texnologiyalari bo‘yicha ma'lumotlarni yoshlarga yetkazishdi.

Tadbir davomida yoshlar IT sohasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Ma'lumot uchun: Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida raqamli transformatsiya doirasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2024-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar umumiy soni 37 ta bo‘lib, joriy yilning 6 oyi davomida esa 16 loyiha amalga oshirilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech