• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba”

27 May 2024, 12:27 1065

Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlarning o‘zaro serqirra hamkorlik munosabatlari axborot sohasida ham tobora kengayib, qo‘shma loyihalar ijrosida o‘z aksini topib bormoqda.

Joriy yilning 27-30 may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan AOKA boshchiligida hamda TDT ko‘magida davlat organlari va tashkilotlari ochiqligini ta'minlash, turli feyk va dezinformatsiyalarga birgalikda kurashish masalalari yuzasidan tajriba almashish maqsadida Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar vazirlik va idoralari matbuot kotiblarining “Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi qo‘shma o‘quv-seminari tashkil etilmoqda.

Tadbirda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekistondagi davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 120 nafar dan ortiq matbuot kotibi ishtirok etayapti.

Mazkur nufuzli tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva ham qatnashmoqda.

Qo‘shma o‘quv-seminari doirasida “Axborot xizmatlarining faoliyatini rivojlantirish borasida milliy tajriba almashinuvi” sessiya yig‘ilishida har bir davlat misolida davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ma'lumotlar almashiladi, muhokama debatlar tashkil etiladi.

Shuningdek, TDTga a'zo mamlakatlar Axborot xizmatlari faoliyati bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tadi.

Tadbirlar dasturiga ko‘ra “Media makonda milliy manfaatlar himoyasini tashkil qilishda axborot xizmatining vazifalari hamda inqirozli vaziyatlarda jamoatchilik aloqalarini yo‘lga qo‘yish”; “Zamonaviy media makonda axborot uzatishda sun'iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar platformalaridagi yangi imkoniyatlar” mavzularida media-treninglar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech