"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq KMK” AJ tarkibiy bo‘linmalarida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma'rifiy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri — Issiqlik elektr markazida “Ayollarning oiladagi va jamiyatdagi o‘rni” mavzusida tashkil etildi.
Mazkur tadbirda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining ijtimoiy-maishiy va psixoanalitik masalalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Viloyat Davletova, “Metallurg” madaniyat saroyi ma’naviyatchisi Ra’no Appakxo‘jayeva hamda kutubxonachi Gulbahor O‘rozboyeva ishtirok etib, korxonada mehnat qilayotgan ayollar bilan ochiq muloqot olib borishdi.
Uchrashuvda oila — jamiyatning eng kichik, lekin eng muhim bo‘g‘ini ekanligi alohida ta’kidlandi. Zero, oila mustahkam va tinch bo‘lsa, jamiyat ham barqaror rivojlanadi. Oilaning xotirjamligi va fayzi esa, shubhasiz, ko‘p jihatdan ayol zakovatati, sabri va mehriga bog‘liqdir. Ayol — nafaqat sevimli uy bekasi, balki kelajak avlodga hayotning ilk saboqlarini beruvchi, ularning dunyoqarashi, go‘zal axloqi va milliy qadriyatlarini shakllantiruvchi muqaddas onadir. Ona tarbiyasi orqali millat va kelajak poydevori kamol topadi.
Shuningdek, suhbat davomida bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani qayd etildi. Bu esa xotin-qizlarning nafaqat oilada, balki yirik sanoat korxonalari va jamiyat hayotidagi rolini yana-da mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Kutubxona va ma’naviyat sohasi vakillari ayollar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ruhiy barqarorlik va stress holatlarini yengish bo‘yicha foydali tavsiyalar berishdi. Savol-javob va qizg‘in fikr almashinuvlar tarzida o‘tgan uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Farog‘at Abduganiyeva,
Issiqlik elektr markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi