"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 338-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kombinatda o‘tkazilayotgan “Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida Rux zavodida “Bahor guldastalari” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda zavodning 8 ta sexidan 8 nafar xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar tanlovning 1-bosqichida O‘zbekiston tarixi bo‘yicha test savollariga javob berishdi. Ikkinchi bosqichda esa milliylikni namoyon etish sharti bo‘yicha she’rlar, milliy cholg‘u asboblaridan foydalanish, kitobxonlik va asarlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilar bir qator nominatsiyalar bo‘yicha bellashdilar.
Jumladan, Kuydirish sexi kran mashinisti Dilafro‘z Rustamova “Eng quvnoq” nominanti bo‘ldi. Elektrolit sexi operatori Dilnoza Riskulova “Eng chaqqon”, Ixtisoslashtirilgan ta’mir uchastkasi ish taqsimlovchisi Razaliya Yagafarova, “Eng bilimli”, Tanlab eritish sexi apparatchisi Dilshoda Xudayberdiyeva “Eng nafis” nominatsiyasi bilan taqdirlanishdi.
Bundan tashqari, xonalar farroshi Dilafro‘z Abduvaliyeva “Eng jozibali”, Kadmiy sexi apparatchisi Sitora Djumayeva Eng iqtidorli”, Kimyo tahlil laboranti Aziz Raxmatillayeva “Eng iste’dodli”, Sulfat kislotasi sexi ish taqsimlovchisi Dilnavoz Abduvaxobova “Eng ziyrak” nominatsiyalariga sazovor bo‘lishdi.
Tanlov nominantlariga zavod rahbariyati va OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining diplom hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
F.Raimjonova,
Rux zavodi kasaba uyushmasi qo‘mitasi
xotin-qizlar komissiyasi raisi