Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi mexanik – 2025”

04 Noyabr 2025, 9:50 468

30-oktyabr – “Muhandis-mexaniklar kuni” munosabati bilan 3-Mis boyitish fabrikasida ta’mirlovchi-chilangarlar, nasos qurilmalari mashinistlari, tokar va payvandlovchilar o‘rtasida “Eng yaxshi mexanik – 2025” kasb-mahorat tanlovi tashkil etildi.

Tanlovning asosiy maqsadi – ishlab chiqarish jarayonida fidokorona mehnat qilayotgan mexanik xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning mehnatini e’tirof etish hamda yosh mutaxassislarni kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iboratdir.

Tanlov nazariy tarzda yozma savollarga javob berish va amaliy tarzda chizmalarni toʻgʻri ifodalash tarzida olib borildi.

Qizg‘in raqobat ruhida o‘tgan bellashuv yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Yanchish va flotatsiyalash sexi ta’mirlovchi-chilangari Sardor Mamenov egallab, “Eng yaxshi mexanik" deya e’tirof etildi.

2-o‘rin Chiqitlarni to‘plash sexi ta’mirlovchi-chilangari Mamatali Umbetovga nasib etdi.

3-o‘ringa Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash mexanika sexi ta’mirlovchi-chilangari Ro‘ziboy Xonpo‘latov loyiq ko‘rildi.

G‘oliblarga OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir ishtirokchilari bu kabi tanlovlar ularning mehnatga bo‘lgan qiziqishini oshirib, tajriba almashish hamda o‘z ustida ishlash uchun muhim turtki bo‘layotganini ta’kidladilar.

3-MBF ma’muriyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi

Bo`lishmoq:
Text to speech