"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33So‘nggi yillarda OKMKda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni o‘rganish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish barobarida zamonaviy fikrlovchi, raqamli texnologiyalarni puxta egallagan malakali mutaxassislarni tayyorlashda ham muhim ahamiyat kasb etyapti.
Shu yoʻnalishda kuni kecha “Cyber University” davlat universiteti vakillari kombinatga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar dunyodagi eng yirik konlardan biri Qalmoqqir konida boʻlishdi.
Mehmonlarning navbatdagi manzili yetakchi kompaniyalarining zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan yangi 3-Mis boyitish fabrikasi boʻldi.
Ma’lumot o‘rnida: “Cyber University” davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi 14-sonli qarori asosida tashkil etilgan bo’lib, oliy ta’lim dargohida axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, kompyuter injiniringi, raqamli iqtisodiyot, menejment, yurisprudensiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. 2025–2026-o‘quv yilida universitetga 1 ming 200 nafardan ortiq talaba qabul qilingan.
Tashrif davomida Universitet vakillari fabrikaning dispetcherlik markazida bo’lishib, ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanilayotgan raqamli yechimlar, avtomatlashtirish va korxonada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish loyihalari haqida ma’lumotlar olishdi.
Shuhrat Qayumov, “Cyber University” davlat universiteti rektori: - Bugungi kunda ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy hamkorlik zamonaviy sanoat uchun zarur bo‘lgan raqobatbardosh kadrlarni shakllantirishning muhim omilidir. “Cyber University” vakillarining kombinatga tashrifi ham bilim va amaliyotni uyg‘unlashtirish, kelajak mutaxassislarini tayyorlash borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Axborot xizmati