• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Bir ishchining xatosi butun jamoa nomiga dog‘ tushirishi mumkin

03 Mart 2025, 14:55 789

Joriy yilning 25-fevral kuni Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi 4-sonli temir yo‘l sexining ishchi-xodimlari o‘rtasida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda kombinat tarkibiy bo‘linmalarda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar, ish joylaridagi ishlab chiqarish intizomi, korrupsiyaga qarshi kurashish, diniy ekstremizmning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish, narkotik moddalari savdosi, firibgarlik, yoshlar orasida jinoyatning oldini olish, ijtimoiy-ma'naviy va siyosiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, sodir bo‘layotgan xuquqbuzarliklar, terrorizm va qoida-buzarliklarning sabablari xamda uning oqibatlarini bartaraf etish kaba masalalar muhokama etildi.

Tadbirda Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB tergov bo‘linmasi katta tergovchisi I. Juraqulov, katta surishtiruvchi B.Abdullayev, STTB boshlig‘ining TMB butligini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari M. Madmarov, STTB bosh muhandisining MM, XT va HX bo‘yicha o‘rinbosari v.b. O.Raxmatillayev ishtirok etishdi.

- Hozirda ijtimoiy injiniring usullarini qo‘llagan holda fuqarolarning ishonchiga kirish orqali ularning pul mablag‘larini o‘zlashtirish, aldov yo‘li bilan bank plastik kartalaridagi pul mablag‘larini boshqarish huquqini qo‘lga kiritish, shaxsga doir ma'lumotlarni ruxsatsiz olish va to‘lov evaziga tarqatish kabi moliyaviy firibgarliklar ko‘p bor kuzatilmoqda. Bu ko‘rinishdagi tovlamachilikni oldini olish uchun begona shaxslarga tasdiqlovchi kodni oshkor qilmang, har qanday holatda ham SMS xabar orqali kelgan bir martalik tasdiqlovchi kodni hech kimga oshkor qilmang. Ushbu tasdiqlovchi kod yordamida firibgarlar hisobingizdagi pul mablag‘larini ruxsatingizsiz o‘tkazishi yoki mobil ilovalar yordamida ularni boshqarish huquqini qo‘lga kiritishi mumkin. Begona shaxslarga bank kartalari yoki bankning mobil ilovasidagi akkauntingiz to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bermang. Shuni yodda tutish kerakki, bank kartasiga pul o‘tkazish uchun uning 16 xonali raqamini bilish yetarlidir.

Unutmang, bank xodimlari plastik kartangizning amal qilish muddati yoki SMS xabar orqali kelgan tasdiqlovchi kodlarni aytishingizni so‘ramaydi. Sizga telefon orqali murojaat qilib, o‘zini bank xodimi, to‘lov tashkilotining administratori yoki boshqa davlat idorasi xodimi sifatida tanishtirib, plastik kartangiz bo‘yicha yoki bankning mobil ilovasidagi akkauntingiz to‘g‘risidagi ma'lumotlarni so‘ragan shaxslarga bank plastik kartasi to‘g‘risidagi konfidensial axborotlarni yoki shaxsiy ma'lumotlaringizni bermang.

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekistonda axborot tizimi, jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlikni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud muayyan huquqdan mahrum etib, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan, - deydi I.Juraqulov.

Tadbirda so‘z olgan B.Abdullayev ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning tub mohiyati haqida to‘xtalib, arzimagan e'tiborsizlik ham og‘ir oqibatlarga olib kelganini ta'kidladi.

- O‘tgan 2024-yil mobaynida kombinat tarkibiy bo‘linmalarining ishchi- xodimlari bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning umumiy soni 15 tani tashkil etdi, bulardan 3 tasi oqibati yengil, 6 tasi oqibati og‘ir va eng yomoni 6 tasi oqibati o‘lim bilan yakunlangan. Barcha baxtsiz xodisalarning sodir bo‘lish sabablarini tahlil qilib chiqilganida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha me'yorlar, qoidalar va talablarni mensimasdan o‘zboshimchalik, shoshma-shosharlik bilan ishlarni bajarish oqibatida, aksariyat hollarda ishlarni bajarishda tashkiliy hamda texnikaviy chora-tadbirlarni bajarmasdan yoki to‘laqonli bajarmasdan ishlarni bajarish oqibatida sodir bo‘lganligi aniqlandi - deydi, O.Raxmatillayev.

Tadbirda so‘z olgan M. Madmarov har bir ishchini e'tiborli, yanada ziyrakroq bo‘lishga chaqirib, ish joylaridagi mayda tashmachilik, ishlab chiqarishdagi ko‘rsatkichlarning o‘sishi, ular orqasidan oila va ro‘zg‘ordagi kamu-ko‘stlarimizni to‘ldirilishiga katta to‘sqinlik qilibgina qolmay, birgina to‘g‘ri yo‘ldan adashgan shaxslar ortidan minglab fidoiy va vijdonli insonlarning pok nomiga dog‘ tushishini ta'kidladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu