Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 30 iyun kuni OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov hamda kombinat tarkibiy bo‘linma rahbarlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda MTTU MISiSning Olmaliq filiali bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish davomida tarkibiy bo‘linmalarning bo‘sh ish o‘rinlaridan kelib chiqqan holda mas'ullarga bitiruvchi talabalarni ish bilan ta'minlashga doir ko‘rsatmalar berildi.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, Respublika ishlab chiqarish-sanoat tarmog‘i uchun malakali muhandis–texnik kadrlarni tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy texnik ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2018 yilda Prezidentimizning “Milliy texnologik tadqiqotlar Universiteti MISiSning Olmaliq shahridagi filialini tashkil etish to‘g‘irisda”gi qaroriga muvofiq Olmaliqda MISiS filiali tashkil etilgan.
Filial eng zamonaviy uskunalar va laboratoriyalar bilan jihozlangan. Bugungi kunda mazkur oliygohda 450 nafar talabalar “Metallurgiya”, “Konchilik ishi”, ”Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” kabi yo‘nalishlarda tahsil olishmoqda.Filial oldiga ko‘yilgan asosiy masalalar bu: mamlakatimiz kon –metallurgiya sanoati uchun xalqaro andozadagi yuqori malakali muhandis- texnik xodimlarni tayyorlash, va kon –metallurgiya sohasiga oid ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borishdan iborat.
Bu yil mazkur oliygohni 72 nafar talaba birinchi qaldirg‘och sifatida tamomlamoqda. Ularning 4 nafar qizil diplomga sazovor bo‘lishgan.
Axborot xizmati