• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashma 2023-yilni yuqori mehnat samaradorligida yakunladi

06 Yanvar 2024, 12:39 904

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi 2023-yilni yuqori samaradorlikda yakunlandi.

Jumladan, birlashma mehnat  jamoasiga 2023-yilda 444,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi belgilangan edi. Amalda esa birlashma tomonidan 611,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, prognoz 137,5%ga bajarildi. O‘sish sur'ati +166,8%ni tashkil etdi.

Mahsulotlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, 37,8 tonna volframli konsentrat ishlab chiqarilib, prognoz 121,5%ga bajarildi.

Shuningdek, 1 215,7 tonna tetramolibdat ammoniy tuzi tayyorlanib, prognoz 111,4%ga bajarildi.

Molibden 3 oksidi ishlab chiqarish prognozi esa 110,1%ga ado etilib, 1 177,3 tonna ushbu mahsulot tayyorlangan.

Bundan tashqari, 782,3 tonna molibden metalli shtabik va briket holatida ishlab chiqarilib, prognoz 111,4%ga bajarilgan.

Olovbardosh keramik buyumlar ishlab chiqarish prognozi esa 100,4%ga bajarilib, 1007,0 tonna mahsulot ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti borasida 48,314 mln dollarlik natija qayd etilgan holda prognoz 166,3%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.

Birlashmaada mahalliylashtirish dasturi ijrosi ham samarali amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida 2023 yilda birlashmada 49ta loyiha amalga oshirilib, 89,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Prognoz esa 100%ga bajarilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech