Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Har bir korxona tashkilot ravnaqi yo‘lida reja topshiriqlarining ortig‘i bilan bajarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko‘rsatkichlarning o‘z vaqtida uddalanishi negizida esa ishchi-xodimlarning mehnat samarasi yotadi.
OKMKning qator korxonalarida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yuqori natijalarni qayd etdi. Xususan, kombinat tasarrufidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi ham shular jumlasidandir.
Mehnat jamoasi tomonidan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish vazifasi 196,6 foizga bajarilgan.
566,1 tonna molibden 3 oksidi ishlab chiqarilib, reja 111,6 % udalangan.
Molibden shtabigi va briketi ishlab chiqarish esa 377,2 tonnaga yetkazilgan.
Olovbardoshli keramik buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha 505,4 tonnalik natija qayd etilib, reja 129,3 foizga, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur'ati esa 125,6 foizni qayd etgan.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalangan holda molibden metallini ishlab chiqarish 110,3 foizga bajarilgan.
Umumiy hisobda Birlashma ishchilari sa'y-harakati bilan 205 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Bundan tashqari, birlashma tomonidan eksport rejasi 384%ga foizga bajarilib, 18 mln dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilgan.
Mahalliylashtirish dasturi asosida jami 109 mlrd so‘mlik 42 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Takidlab o‘tish joizki, 2022 – 2024 yillarga mo‘ljallangan “Olmaliq KMK” AJning “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi”ni rivojlantirish va yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish dasturi ishlab chiqilgan.
Dasturga muvofiq, mazkur korxonada 4 ta yo‘nalish bo‘yicha jami qiymati 82,35 million dollar bo‘lgan 33 ta loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan.
Natijada 2024 yilga kelib qo‘shimcha 3,9 trillion so‘m tovar mahsuloti ishlab chiqariladi, 300 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Hozirda, yo‘nalishlar kesimida 33 % ishlar bajarildi, xususan, 5 ta loyiha deyarli to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Bundan tashqari, birlashmada elektr energiya tajamkorligiga ham erishilgan. 6 oy mobaynida 2,8 milrd so‘m energiya iqtisod qilinib, 2021 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 144,5 foizlik o‘sish sur'ati kuzatildi.
Birlashma sexlaridagi amalga oshirilgan rekonsturuksiya ishlari, yangi kompressor va qozonlarning o‘rnatilishi elektr energiyasi tejamkorligiga erishishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, eng ko‘p elektr energiyasi ishlatiladigan vodorod uchastkasida maksimum soatdan minimum soatga tamoyili qo‘llanildi.
2022 yilning yakuniga qadar mehnat jamoasi o‘z oldiga yuksak marralarni qo‘ygan. Xususan, mis sanoati klasteri doirasida, birlashmada bir qator yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda. Muxtasar aytganda, yangi mahsulotlarning o‘zlashtirilishi, yana bir yo‘nalishning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Axborot xizmati