• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashmada kimyoviy reagentlar ombori foydalanishga topshirildi

20 Dekabr 2023, 9:55 798

Kuni kecha Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasida azot, oltingugurt kislotasi, ammiak suvi hamda kalsiylantirilgan sodalarni saqlash ombori foydalanishga topshirildi.

Mazkur omborxona birlashma, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi hamda “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ishchi-xodimlari tomonidan rekonstruksiya qilinib, jihozlandi.

Rekonstruksiya davomida azot, oltingugurt kislotasi, ammiak suvi sig‘imlari ostiga kislotabardoshli suyuq shisha asosidagi taglik(poddon)lar tayyorlandi.

Ikkita yangi nasos stansiyasi hamda uzunligi 60 metrni tashkil qiladigan estakada qurildi. Kislotalar va ammiak suvini temiryo‘l sisternalaridan saqlash ombori va gidrometallurgiya sexlariga uzatib berilishi ko‘zda tutilgan to‘kib olinishlar uchun uzunligi 450 metr bo‘lgan quvur o‘tkazgichlar montaji ham amalga oshirildi. 

Tortuvli shammolatish ventilyatsiyali angar va ammiakni saqlash omborida ammiak bug‘larini tutib qoluvchi skrubber montaji ham olib borilgani e'tiborga molikdir.

Sig‘imi 400 m3 bo‘lgan ammiak suvini, sig‘imi 300 m3 ni tashkil qiladigan azot kislotasini va sig‘imi 40 m3 bo‘lgan oltingugurt kislotasini saqlash sig‘imlari boshqa joyga o‘tkazilib, o‘ziga xos qulayliklar yaratilishiga ham muvaffaq bo‘lindi.

Mazkur omborning rekonstruksiya ishlari joriy yilda 3 oy davomida amalga oshirilib, qurilish ishlariga 2 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ sarflandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech