Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish borasida salmoqli ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisining 2022-yil 16-fevraldagi buyrug‘iga ko‘ra, 2022-yil uchun ishlab chiqarish xarajatlarini 1,6%ga qisqartirish bo‘yicha maqsadli parametrlar tasdiqlandi.
OKMK bosh muhandisi tomonidan esa mahsulotlar ishlab chiqarishda xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha kompleks tashkiliy texnik chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2022-yilda 3 515 566 ming so‘m miqdorida sarf-xarajatlar qisqartirilishi belgilangan. 1-chorakda esa 523039 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ tejalishi ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning yanvar oyining o‘zida 175 069 ming so’mlik sarf-xarajat qisqartirilishi rejalashtirilgan edi. Amalda esa 1 341 162 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi. Jumladan, xom ashyo va materiallar bo‘yicha 148 853 ming so‘m tejaldi. 534 ming metr kub tabiiy(306570 ming so‘m) gaz, 278 ming kVt/s elektr energiyasi(131980 ming so‘m) tejalishiga erishilgan.
Shuningdek, 24602 ming so‘mlik suv iqtisod qilingan. 16816 ming so‘mlik boshqa ishlab chiqarish sarf-xarajatlari qisqartirilgan.
Axborot xizmati