• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashmada yanada toza molibden olindi.

13 Iyul 2023, 15:11 1518

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida 99,85%li toza molibden metalli olinishiga muvaffaq bo‘lindi.

Joriy yilning iyun oyida birlashmaning molibden-volfram ishlab chiqaruvchi pirrometallurgiya sexida yangi yuqori haroratli kuydirish pechi foydalanishga topshirildi.

Ushbu molibden ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori haroratli kuydirish pechining ishga tushirilishi natijasida birlashmada o‘ta sof holatdagi – 99,85% li molibden metallini olinishiga erishildi. Ushbu sof holdagi molibden metallidan kislorod tarkibi 0,6%gacha tushirildi. Avval birlashmada 96,4% lik toza molibden 1,0% tarkibli kislorod bilan ishlab chiqilgan.

Birlashma mehnat jamoasining sa'yi-harakatlari bilan bu ko‘rsatkich 99,85%ga yetkazildi.

Mazkur sexning yillik quvvati 820 tonna molibden mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etadi.

Yangi ishlab chiqarish quvvati esa yiliga 450 tonna o‘ta toza 99,85%li molibden metallini ishlab chiqaradi.

Ushbu o‘ta toza molibden metallidan yupqa nano qatlamlar uchun metall nishonlari tayyorlashda, yarimo‘tkazgich sohasida ishlatiladigan detallar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. 

Ulug‘bek Ro‘ziyev,

birlashma direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech