• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Birlashmada yong‘in xavfsizligini ta'minlash – asosiy vazifa!

31 May 2024, 9:54 470

Joriy yilning 29-may kuni Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida “Favqulodda vaziyatlar, favqulodda holatlarning oldini olish va birlashmada yong‘in  xavfsizligini ta'minlash – asosiy vazifa!” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Tadbirda Fuqaro muhofazasi otryad komandir yordamchisi Bekzod Abulqosimov, OKMK ob'yektlarda yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Atxam Ahrarov, Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Farhod Raxmatullayev, Chirchiq shahargaz filialialining muhandisi Zaidilla Zamitov, direktor o‘rinbosarlari, birlashmaning bosh mutaxassislari, barcha bo‘lim va ishlab chiqarish sex boshliqlari, KYoO‘D rahbarlari va sex ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Ushbu o‘quv-seminarini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ huquqiy bilimlarni oshirish, birlashmada yong‘in xavfsizligini ta'minlash, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, amaliy tavsiyalar berishdan iboratdir.

Tadbirda so‘z olgan A.Axrorov yong‘inlarni keltirib chiqaruvchi sabablar (asosan elektr qurilmalarining nosozliklari tufayli), qurilish va montaj ishlarida qurilish me'yorlari va qoidalari (SNiP) talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat,  yong‘in o‘chirish suv ta'minoti tizimi, undagi suv bosimi bilan bog‘liq holatlar, evakuatsiya yo‘lak va eshiklari, ularga qo‘yiladigan talablar haqida gapirdi.

So‘ngi yillarda butun dunyoda favqulodda vaziyatlarning  soni oshib bormoqda. Xususan, 2023-yilda Turkiyada sodir bo‘lgan tabiy ofat (7.8 balli zilzila), joriy yil aprel-may oylarida Rossiya va Qozog‘iston mamlakatlaridagi suv toshqinlari. 2020-yilda Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv omborining yorilishi bilan bog‘liq texnogen turdagi favqulodda holatlarnii olaylik, deydi - Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliq o‘rinbosari, podpolkovnik Ravon Egamberdiyev.

Shuningdek,  2023-yil davomida Respublika, Toshkent viloyati va Chirchiq shahrida sodir bo‘lgan yong‘inlar, ularning oqibatlari va ko‘rilgan zararlar tahlil qilindi. Jumladan, 2023-yil davomida Respublikada 10204 ta (251 nafar fuqaro jabrlangan, 79 nafari vafot etgan, zarar miqdori 270,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan), Toshkent viloyati bo‘yicha 1204 ta (25 nafar fuqaro jabrlangan, 12 nafari vafot etgan), Chirchiq shahrida 45 ta yong‘in hodisasi yuz bergan.

Shuningdek, mas'ullar Chirchiq shahar hududidan oqib o‘tuvchi energiya ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan daryo va kanallarda suv oqimining tezligi sababli cho‘milish taqiqlanganligiga qaramay, belgilanmagan joylarda cho‘milish oqibatida fuqarolar va yosh bolalar cho‘kib halok bo‘layotganligini aytib, ogoh va ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Z.Zamitov ishlab chiqarish xonadonlarda gaz jihozlarini o‘rnatish me'yorlari, is gazidan zaharlanish va zaharlanish belgilari, avtomobil, xonadon va ishlab chiqarish korxonalarida o‘rnatilgan gaz jihozlari va ballonlarni ko‘rsatilgan muddatlarda tekshiruv va sinovdan o‘tkazib turish kerakligini eslatib o‘tdi. Gaz portlashi bilan bog‘liq noxush holatlarning oqibatlari haqida misollar keltirib ogohlikka chaqirdi.

B.Abulqosimov bugungi kunda sanoat, qurilish va kundalik hayotda ko‘plab yonuvchi moddalar va materiallar qo‘llanib, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan murakkab va energiya talab qiladigan texnologiyalar ishlab chiqarishga tatbiq etilayotganligini va bularning barchasi yong‘indan himoya qilish, ehtiyotkorlik va yuqori texnologik intizomga ko‘proq e'tibor berishni talab qilishini ta'kidladi. Ishlab chiqarish ob'yektlarida yer osti gidrantalari, yong‘inga qarshi texnik moslamalar, birlamchi o‘t o‘chirish anjomlari doim soz holda bo‘lishi va ulardan faqatgina favqulodda holatlarda foydalanish kerakligini aytdi. Korxonada belgilangan yong‘in xavfsizligi (PPB 07-13) qoidalariga amal qilish har bir ishchi-xodimning burchi ekanligini eslatdi.

Tadbir davomida “Olov tiliz yov” mavzusida videorolik ham namoyish etildi.

Tadbirning amaliy qismida zamonaviy yong‘in texnik-qurollari namoyish etildi. Ishtirokchilar birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini amaliy qo‘llab ko‘rishdi. Shuningdek, ilmiy texnik markaz binosining 3-qavatidagi laboratoriya xonasida shartli ravishdagi yong‘in sodir bo‘ldi. Laboratoriya ishchilari yong‘in haqida xabar berib, qutqarishni so‘radi. Yong‘in o‘chirish jangovar guruhi uch pog‘onali narvon orqali yong‘inni bartaraf etish uchun 3-qavatiga ko‘tarildi. Hodisa joyidagi ishchi-xodimlar avtonarvon orqali qutqarilib, jabrlanganlarga tibbiy bo‘limi xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib, markaziy shifoxonaga olib ketildi. Jangovar guruh tomonidan yong‘in to‘liq bartaraf etildi.

Sunnatillo Erbutayev,

Birlashma direktorining xavfsizlik masalalri bo‘yicha maslahatchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech