• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashmada yuqori mehnat ko‘rsatkichlari

13 Dekabr 2023, 15:28 733

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi 2023-yil 11 oy davomida yuqori mehnat samaradorligiga erishdilar.

Jumladan, 571,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, prognoz 141,1%ga bajarildi. O‘sish sur'ati esa +166,4%ni tashkil etdi.

Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak volfram konsentrati tayyorlash bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichi 121,3%ni tashkil etib, 34,7 tonna ushbu mahsulot ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, 1079,1 tonna molibden 3 oksidi ishlab chiqarilib, prognoz 110,3%ga bajarilgan.

Bundan tashqari, molibden shtabik va briketlar ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichi 109,1%ni tashkil etgan holda 750,6 tonna ushbu mahsulot tayyorlangan.

Olovbardosh keramik buyumlar ishlab chiqarish prognozi ham 100,6%ga bajarilib, 924,6 tonna ushbu mahsulotlar tayyorlashga erishilgan.

Birlashmada mahalliylashtirish dasturi ham samarali amalga oshirib kelinmoqda. Dastur doirasida 49ta loyiha amalga oshirilib, 78,7 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan holda prognoz 102,8%ga bajarilgan.

Birlashma tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti bo‘yicha prognoz 171,4%ga bajarilib, 45,387 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Ma'lumot uchun: birlashma mehnat jamoasi joriy yil uchun belgilangan rejani avgust oyidayoq muddatidan avval bajargandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech