• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Bo‘lajak geologlar OKMKda

23 Oktyabr 2023, 9:32 894

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xorij hamda mamlakatimizdagi bir qator oliygohlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda. O‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida Geologiya fanlari Universitetining foydali qazilma konlari geologiyasi fakulteti 2- va 3-bosqich talabalari uchun o‘quv tanishuv amaliyoti tashkil etildi.

OKMK O‘quv markazi hamda mazkur oliygoh hamkorligidia tashkil etilgan tadbirda bo‘lajak geologlarga kombinat tarixi hamda faoliyatini aks ettiruvchi videofil'm namoyish etildi.

Shundan so‘ng, talabalar kombinat muzeyi bilan yaqindan tanishishdi.

Dunyodagi eng yirik konlarning qatoriga kiruvchi Qalmoqqir koni talabalarning navbatdagi manzili bo‘ldi. Ushbu konning tashkil etilish tarixi, undan qanday rudalar qazib olinishi, kon haqida qiziqarli ma'lumotlarg talabalarga e'tiboriga havola etildi.

Shu kuni bo‘lg‘usi geologlar kombinat haqida batafsil tassavurga ega bo‘lishdi.

Ulug‘bek Igamberdiyev,

O‘quv markazi yetakchi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech