• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Bolalarda mavsumiy kasalliklarni oldini olish

28 Avgust 2024, 9:19 299

Kuni kecha Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi maktabgacha ta'lim bo'limi va Olmaliq shahar sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi bilan hamkorlikda "Bolalarda mavsumiy kasalliklarni oldini olish" va dunyo miqyosida epidemiologik xavf tug'diruvchi "Maymun chechak kasalligi" mavzularida MTT rahbarlari va katta hamshiralari uchun profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK) – havo-tomchi orqali yuqib, nafas yo‘llarining turli qismlari yallig‘lanishi va intoksikatsiya sindromi bilan kechadigan virusli xastaliklar guruhidir.

O‘RK bolalarda yuqumli kasalliklar umumiy sonining 90 foizini tashkil etib, ularning barchasi mavsumiy xarakterga ega. Ya’ni, bu xastaliklar yilning boshqa davrlariga nisbatan aynan kuz-qish mavsumida ko‘p uchraydi. Ushbu va boshqa yuqumli kasalliklarini oldini olish choralari haqida vrach epidemiolog Feruza Fozilmatovaning fikrlari tinglandi.

Shuningdek, Maymun chechagi kasalligi boʻyicha ham ma’lumotlar berildi.

Kasallik hali ko‘pchilikni qamrab olmagan va o‘limlarga sabab bo‘lmagan bo‘lsa-da, mashhur bo‘la oldi. Koronavirus pandemiyasi tufayli har qanday virusga nisbatan qo‘rquv o‘z ishini qildi. Bu kasallik asosan teri va shilliq qavatlarni zararlash bilan kechadi hamda elementar choralar ko‘rish bilan ham davolanib ketish mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i va mushak og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va ozg‘inlik kiradi. Kasal bo‘lganlarda ko‘pincha yuzda boshlanib, keyin tananing boshqa qismlariga, jumladan qo‘llar, oyoqlar va jinsiy a’zolarga tarqaladigan toshma paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagi hayvonlarning chaqishi, ifloslangan buyumlar yoki kasal odam bilan yaqin aloqa qilish orqali yuqishi mumkin.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech