• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Boyituvchilar uchun moliyaviy savodxonlik seminari

09 Sentyabr 2022, 9:17 893

Aholi moliyaviy savodxonligining ijtimoiy ahamiyati ham bor. Chunki, alohida shaxsning moliya borasidagi bilim va ko‘nikmalari pirovardida butun jamiyat iqtisodiy hayotining muvaffaqiyati va barqarorligini belgilab beradi. Aholining moliyaviy jihatdan savodsizligi nafaqat shaxsiy farovonlikka, balki butun moliyaviy sohaga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, fuqarolarning o‘z daromadlari va xarajatlarini aniq tasavvur qilmasligi yoki noto‘g‘ri rejalashtirishi oqibatida kreditorlik qarzdorlik paydo bo‘ladi, savodsizlik, moliyaviy piramidalar va firibgarliklar sonining oshishiga olib keladi. Global miqyosda bu mamlakat iqtisodiyotini moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin.

Ushbu fikrlar joriy yilning 8 sentyabr kuni Mis boyitish fabrikasida tashkil etilgan moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarda bildirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Germaniyaning German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti vakili Falko Xaydrix, agentlik mas'ullari ishtirok etishdi.

Falko Xaydrix Germaniya davlatida moliyaviy sohada iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro tajribalar xususida fikrlar bildirdi.

Seminarda ishchi-xodimlari uchun bank plastik kartochkalari, kreditlar olish, kafillik munosabatlari, foiz stavkalari hamda muddatlari, omonatlar va ularning turlari haqida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, hozirgi kunda onlayn kartalar va elektron to‘lov tizimlarining rivojlanishi bilan ushbu yo‘nalishdagi firibgarlik va o‘g‘irlik holatlari ham avj olib borilayotganligi bo‘yicha ham fikr-mulohazalar bildirildi. Jahon tajribasida bu jiddiy muammoga aylanib ulgurgan.

Bankomatdan ma'lum miqdorda pul yechib olib, kartadagi hamma summaning yo‘qolib qolishi, notanish onlayn-do‘kondan arzon mahsulot sotib olib, katta pul yo‘qotish, o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, plastik karta ma'lumotlarini bilib olish holati yoki kartangiz qulflanib qolgani haqida SMS yuborib, uni ochish uchun karta ma'lumotlarini o‘g‘irlash kabi bir qancha usullardan foydalanayotgan firibgarlar har yili milliardlab summalarni o‘zlashtirib yuborishyapti. Vaqt o‘tishi bilan firibgarlik usullarining yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lyapti, -deydi agentlikning Jamoatchilik va ommaviy axborot vostilari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Mohruxsor Togoyeva. -Banklar va onlayn to‘lov tizimlaridagi xavfsizlikning kuchaytirilishiga qaramay, foydalanuvchilarning ehtiyotsizligi tufayli firibgarlar osongina o‘z maqsadlariga erishib kelyaptilar.

Mabodo kartangizdan pul yechib olinganligini sezsangiz birinchi navbatda kartani bloklash chorasini ko‘ring. So‘ng esa xizmat ko‘rsatadigan bankka murojaat qilish lozim. Amalga oshirilgan amaliyotlarni siz bajarmaganingizni isbotlashingiz kerak. Ushbu holatda eng murakkabi - to‘lov amaliyotlari pin-kodni kiritish orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, bank tomonidan bu amaliyotlar qoidaga ko‘ra bajarilgan, deb baholanadi, deydi agentlik mas'ullari.

Ishchi-xodimlar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech