• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xodimlarning huquqiy savodxonlik darajasi baholanadi

24 Mart 2021, 13:59 1655

Davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasi baholanadi.

AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Oʻrinboyeva bu haqda maʼlum qildi.

Hukumatning joriy yil 13-martdagi “Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 134-son qaroriga muvofiq davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini doimiy ravishda monitoring qilinadi hamda baholab boriladi.

Qaror bilan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va baholab borishga doir quyidagi tartiblar belgilandi:

davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimi orqali davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish boʻyicha oʻqitish va baholab borish (har 3 yilda 1-marta) tizimi joriy etish;

davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturi, materiallar va test savollari bazasini shakllantirish, davlat tashkilotlari xodimlarning huquqiy savodxonligi darajasini baholash va monitoring qilish vazifalari Adliya vazirligi zimmasiga yuklatildi;

davlat tashkilotlariga elektron platformaga joylashtirilgan oʻquv materiallari asosida oʻz xodimlarining mustaqil ravishda (ishdan ajralmagan holda) oʻqishlarini taʼminlash topshirildi;

davlat boshqaruvi organlari markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boʻlinmalari, tizimidagi tashkilotlar rahbarlari, oʻrinbosarlari va boshqaruv xodimlari, shuningdek viloyat darajasidagi hokimlarning oʻrinbosarlari, tuman (shahar) hokimlari, ularning oʻrinbosarlari, hokimliklar tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, oʻrinbosarlari va boshqaruv xodimlarining oʻqitilishi va ularning huquqiy savodxonligi baholashdan oʻtkazilishi nazarda tutilmoqda.

Bo`lishmoq:
Text to speech