Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Har yili yurtimizda 15-aprel kuni “Madaniyat va san’at xodimlari” kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Yirik sanoat korxonasi sanalgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham soha vakillari mehnat qilib kelishadi.
Jumladan, “Metallurg” madaniyat saroyida hamda Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida soha vakillari faoliyat yuritib kelishmoqda.
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tasarrufidagi “Metallurg” madaniyat saroyi 1952-yildan 1964-yilgacha qurib bitkazilib, 1964-yil noyabr oyida foydalanishga topshirilgan.
Ushbu maskan nafaqat Olmaliq shahri balki Toshkent viloyati va Respublikada eng ko‘zga ko‘ringan madaniyat saroylaridan biri hisoblanadi.
Jumladan, “Metallurg” madaniyat saroyi o‘z ishini O‘zbekistonning siyosiy va madaniy taraqqiyotiga asoslanib, jahon madaniyatining eng yaxshi an’analariga va mamlakatimizning ko‘p millatli madaniyatiga tayanib, yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish masalalarini olib borishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
“Metallurg” madaniyat saroyida faoliyat yuritayotgan badiiy havaskorlik jamoalari madaniyat saroyida, shahrimizda, kombinat sex va bo‘limlarida o‘tkazilayotgan barcha bayram tadbirlarida faol ishtirok etib kelishadi. Bundan tashqari, ular shahrimizda, Toshkent viloyati va Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan tadbir va ko‘rik-tanlovlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.
Hozirda “Metallurg” madaniyat saroyida 25 ta badiiy havaskorlik jamoalari faoliyat yuritib kelishayapti.
“Metallurg” MS badiiy havaskorlik jamoalariga qatnashuvchi bolalar soni 550 nafardan ziyodni tashkil etadi.
Xususan, kattalar uchun “Sitora” namunali milliy raqs ansambli, “Bahor” o‘zbek raqs jamoasi, “Kaleydoskop” xalq raqslari ansambli, “Edelveys” xalq raqs ansambli, “Shodiyona” raqs jamoasi, “Raduga” xalq sirk jamoasi, “Nihol” vokal jamoasi, “Prestij” vokal jamoasi, “Dutorchi qizlar” ansambli, “ Qurama” folklor etnografik jamoasi, “Teatr pesni” studiyasi, “Navo” maqom toʻgaragi faoliyatini olib borayapti.
Bolalar uchun esa “Sitora” milliy badiiy raqs ansambli, “Gulg‘uncha” bolalar raqs ansambli, “Kaleydoskop” xalq raqslari ansambli, “Syurpriz” bolalar raqs ansambli, “Edelveys” xalq raqs ansambli, “Zarb” doirachilar ansambli, “Tarona” namunali bolalar vokal guruhi, “Kamalak” bolalar havaskorlik drama to‘garagi, “Shodlik” bolalar raqs ansambli, “Kolibri” bolalar vokal guruhi, “Tantana” bolalar raqs ansambli, “Raduga” xalq sirk jamoasi kabi havaskorlik jamoalarining faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan.
“Sitora” katta guruhi, “Gulgʻuncha” kichik guruhi, “Zarb” doirachilar ansambli, “Kaleydoskop” xalq raqslari ansambli, “Syurpriz” bolalar raqs ansambli, Edelveys” xalq raqs ansambli oʻrta va kichik guruhlari, “Raduga” xalq sirk jamoalari Respublika miqyosidagi tanlovlarda sovrindor boʻlishgan.
“Edelveys” xalq raqs ansambli, “Kaleydoskop” xalq raqslari ansambli, “Raduga” xalq sirk jamoarining koʻplab xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatlarga erishayotganliklarini alohida ta’kidlash joiz.
2018-yilda OKMK rahbariyati tashabbusi bilan “Metallurg” madaniyat saroyi toʻliq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofaga keltirildi.
Bugungi kunda “Metallurg” madaniyat saroyi Olmaliq shahar, Toshkent viloyati va mamlakat miqyosidagi ko’plab nufuzli tadbirlarga mezbonlik qilib kelmoqda.
“Kaleydoskop” xalq raqslari ansambli baletmeysteri, xoreograf Yuliya Koldakova OKMKning 70 yilligi munosabati bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
“Metallurg” madaniyat saroyi qoshida faoliyat yuritayotgan kutubxona ham kombinat ishchi-xodimlari uchun xizmat qiladi. Kutubxona fondi ham yildan – yilga mustaqillik yillarida chop etilayotgan adabiyotlar bilan to‘ldirib kelinmoqda. Kutubxona xodimlari milliy gʻoya targʻiboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini yanada oshirish borasida kombinat sex va boʻlinmalarida turli mavzularda “Ma’naviyat soatlari”ni tashkil qilib kelishmoqda. Bugungi kunda kutubxonada 24 500 dona badiiy kitoblar mavjud. Kutubxona shuningdek, yozgi bolalar dam olish oromgohlarini ham badiiy kitoblar bilan ta’minlaydi.
“Metallurg” madaniyat saroyida xizmat koʻrsatib kelayotgan Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasining 45 nafar texnik xodimlarining mehnatlarini ham alohida ta’kidlash joiz.
Fursatdan foydalanib, barcha kombinat mehnat jamoasi nomidan yaxshi kunlarimizda bizga quvonch bagʻishlab kelayotgan madaniyat va san’at xodimlarini kasb bayramlari bilan qutlab qolamiz.
OKMK Axborot xizmati