Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Byudjet – soliq siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari”

20 Fevral 2026, 12:30 118

“Olmaliq KMK” AJda moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarning shaffofligini ta’minlash va xodimlarning kasbiy malakasini muntazam oshirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan, 2026-yil 18-fevral kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida kombinatning iqtisodiy tarmoq xodimlari uchun “Byudjet – soliq siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari”mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov, Soliq qo‘mitasi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi, Resurs soliqlari ma’murchiligi boshqarmasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mas’ullari qatnashishdi.

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi soliq va byudjet siyosatida 2026-yil 1-yanvardan kuchga kirgan yangiliklarni xodimlarga yetkazish hamda qonunchilik normalarini kombinat ish faoliyatida to‘g‘ri va bir xilda qo‘llashni ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Seminarda soha mutaxassislari soliq va buxgalteriya yo‘nalishdagi so‘nggi o‘zgarishlar, soliqqa tortish amaliyoti: Foyda solig‘ini hisoblash, QQS va aksiz soliqlari bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarish mexanizmi kabi dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilishdi va amaliy tushuntirishlar berishdi.

Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan ijtimoiy to‘lovlar - Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar, resurs soliqlari - yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, suv va mol-mulk solig‘iga tortishdagi o‘ziga xos xususiyatlar, samaradorlik tahlili - korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati rentabelligini oshirish yo‘llari kabi mavzular ham keng tushuntirildi.

Bu kabi seminarlar sohada faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning professional kompetensiyalarini rivojlantirish bilan birga, kombinatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech