Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 12-mart kuni Texnologik transport boshqarmasining kon ishlarini mexanizatsiyalash sexiga AQShda ishlab chiqarilgan 2 dona zamonaviy avtogreyder konchilik texnika vositasi keltirildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida megaloyiha sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida keltirilgan Caterpillar “CAT16” rusumli avtogreyderlar og‘ir kon sharoitidagi yo‘llarni qurilishida muhim sanaladi.
Ushbu avtogreyderlar “Yoshlik-1” koni uchun foydalaniladigan yo‘llarni sozlashda, yangi yo‘llar qurilishida, tozalashda asqotadi. Va yo‘llarni ta'mirlash ishlarini avvalgi avtogreyderlarga qaraganda ancha sifatli bajaradi. Bu esa konda rudalarni tashishda foydalaniladigan “BelAZ” avtogigantlarining shinalarini yana uzoqroq xizmat qilishini ta'minlaydi.
Hozirda avtogreyderlarni ishlab chiqargan kompaniya mutaxassislari tomonidan haydovchilar uchun maqsadli o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Yaqin kunlarda ushbu zamonaviy maxsus kon texnikalari “Yoshlik-1” konidagi texnologik jarayonga qo‘shilishadi.
Axborot xizmati