Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33So‘nggi yillarda dunyo bozorida misga bo‘lgan talab sezilarli darajada ortib bormoqda. Xalqaro ekspertlarning fikricha yaqin o‘n yillikda bu ehtiyoj yana-da yuqorilashi mumkin. Natijada respublikaning eng yirik mis ishlab chiqaruvchi korxonasi hisoblangan OKMKning investitsiyaviy jozibadorligi oshmoqda. Bu esa k‘oplab davlatlarning OKMKga bo‘lgan qiziqishini orttirmoqda.
Xususan, joriy yilning 26-fevral kuni OKMKga tashrif buyurgan Chexiya tog‘-kon sanoati va ishlab chiqarish korxonalari vakillari hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istagini bildirishdi.
OKMK rahbariyati va mehmonlar o‘rtasidagi uchrashuvda tomonlar sanoat sohasida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida hamkorlikda uskunalar yaratish, mahalliylashtirish dasturi doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi.
Ma’lumot uchun: Chexiya markaziy Yevropada joylashgan davlat bo‘lib, u yerda yoqilg‘i-energetika va qora metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, yengil hamda oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Bundan tashqari, ko‘mir, temir rudasi, grafit, kaolin konlari mavjud. Chex kompaniyalari O‘zbekistondagi konchilik sohasiga investitsiya kiritishdan manfaatdor bo‘lib, bugungi kunda mamlakatimizga ushbu davlatdan mexanika hamda elektr jihozlari, dori-darmon, qora metall va undan tayyorlanadigan mahsulotlar import qilinmoqda.
Delegatsiya a’zolari ma’danlar ochiq usulda qazib olinuvchi Qalmoqqir konida bo‘lishib u yerdagi texnologik jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.
Biz bugun ilk marotaba Olmaliq shahriga xususan, kombinatga tashrif buyurdik. Uchrashuvlarda korxonangizga zamonaviy tog‘-kon uskunalarini tayyorlash va yetkazib berish yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish loyihalari ko‘rildi. Shu bilan birga bugun biz bilan moliyalashtirivchi banklar vakillari ham kelgan. Kombinatdagi ishlab chiqarish ko‘lami bizda yorqin taassurotlar qoldirdi. O‘ylaymanki, kelgusida chex va o‘zbek kompaniyalari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yanada rivojlanadi, - Chexiyaning yurtimizdagi elchixonasi savdo-tijorat bo‘limi xodimi Pyotr Yurchik.
Tashrif davomida taraflar istiqbolda yangi qo‘shma loyihalarga erishish hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olishdi.
OKMK Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: