• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Chinozlik o‘quvchilar kombinat bilan tanishdilar

07 Aprel 2025, 9:43 614

Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati “Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida Toshkent viloyati Chinoz tumaniga ham biriktirilgan bo‘lib, mazkur tumanda salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, kombinat rahbariyatining tuman aholisi bilan tashkil etilgan uchrashuvlardan birida tumandagi 15- hamda 16- sonli umumta'lim maktablarining o‘quvchilari tomonidan kombinat bilan yaqindan tanishish maqsadida sanoat ekskursiyasini o‘tkazish bo‘yicha taklif bildirilgan edi.

Mazkur taklif kombinat rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, joriy yilning 4 aprelь kuni tumandagi 15- va 16-sonli umumta'lim maktablarining 46 nafar o‘quvchi yoshlari va o‘qituvchilari uchun OKMKga sanoat ekskursiyasi tashkil etildi.

Dastlab, chinozliklar yoshlar “Metallurg” MSda bo‘lishib, kombinat muzeyi bilan tanishdilar. Muzeyda kombinatning tashkil topganligidan to hozirgi kundagi faoliyati bo‘yicha yoshlarga to‘liq ma'lumot berildi.

Yoshlarning navbatdagi manzili dunyodagi eng yirik konlardan biri Qalmoqqir koni bo‘ldi. Kondagi texnologik ishlab chiqarish jarayoni yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

OKMKda megaloyiha sifatida e'tirof etilayotgan, bugungi kunda jadal sur'atlarda kon ishlari olib borilayotgan “Yoshlik-1” koni ham chinozlik yoshlarning kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha ishlardan xabardor bo‘lishiga imkon yaratdi.

Ayniqsa, megaloyiha doirasida barpo etilayotgan, yiliga 60 mln tonna ma'danni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 3-Mis boyitish fabrikasining qurilishi, uning yurtimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni haqidagi ma'lumotlar yoshlarning kombinatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Bugungi kunda kombinat va boshqa sanoat korxonalariga yetuk oliy ma'lumotli mutaxassislar yetkazib berayotgan MTTU MISiS Olmaliq filialidagi talabalarga yaratilgan sharoitlar chinozlik maktab o‘quvchilarini hayratlantirdi.

Sanoat ekskursiyasi davomida Chinoz tumani o‘quvchi yoshlari kombinat haqida boy tasavvurga ega bo‘lishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu