"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 23-iyun kuni Chodak kon boshqarmasida Markaziy apparat mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Sh. Jo‘rayev raisligida navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Olmaliq kon texnika inspeksiyasi mutaxassislari, Chodak kon boshqarmasi rahbariyati va bosh mutaxassislari, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, Pirmirob va Guzaksoy shaxtasi, Oltin saralash fabrikasi muhandis-texnik xodimlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar ishtirok etishdi.
Mazkur yig‘ilishda joriy yilning 20-iyun kuni Chodak kon boshqarmasi Guzaksoy shaxtasida bodir bo‘lgan oqibati guruhiy baxtsiz hodisa tafsilotlari va dastlabki sabablari muhokama etildi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda baxtsiz hodisaning sabablari tahlil etildi. Mas'ullar tomonidan har bir muhandis-texnik xodim o‘z ishini vijdonan bajarishi, baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan barcha chora-tadbirlarni ko‘rishi, ishchi-xodimlarga o‘z kasblari bo‘yicha qiladigan ishlari haqida to‘g‘ri tushuncha va yo‘nalishlar berishi, har qanday ishlarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda bajarilishi kerak ekanligi aytib o‘tildi.
Kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, baxtsiz hodisalarni oldini olish, kon lahmlari kesishmalari holati, kesishmalarga mustahkamlagichlar o‘rnatish bo‘yicha tuzilgan chora-tadbirlarning ijrosi ta'minlash bo‘yicha mas'ullarga vazifalar berildi.
Shuningdek, mutasaddilarga kon lahmlari kesishmasini mustahkamlash bo‘yicha mustahkamlash pasportlarini ishlab chiqilishi va tegishli ishlarni tashkillashtirish loyihalarida ko‘rsatilishi va geologlar tomonidan taqdim etilgan kon jinsining tasnifiga alohida e'tibor qaratilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, konning har bir rahbariga mustahkamlash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilishi mehnat muhofazasi sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, tizimlashtirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
Iroda Almatova,
Markaziy apparat mehnat muhofazasi va
sanoat xavfsizligi bo‘limi muhandisi