• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Chotqol” madaniyat saroyi - Istiqlol ayyomiga sovg‘a

26 Avgust 2023, 12:43 1140

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 1-apreldagi "Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Krasnogorsk shaharchasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 70-sonli yig‘ilish bayonining 10-bandida bir qator vazifalar belgilangan.

Unga ko‘ra, "Olmaliq KMK" AJ homiylik mablag‘lari hisobidan Parkent tumani, Krasnogorsk shaharchasi, "Fayzobod" mahallasida joylashgan "Chotqol" madaniyat saroyi binosini mukammal ta'mirlash va binoning old qismidagi maydonga favvora qurish ishlarini bajarish vazifasi topshirildi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida, 2023-yil 14-iyun kuni “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv kengashining 75-19/PP-2023-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bugungi kunda “Chotqol” madaniyat saroyining mukammal ta'mirlash ishlari “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur ob'ektga 92 nafar ishchi-xodimlar va 3 ta maxsus texnikalari safarbar etilgan.

Bugungi kunga qadar ob'ektning tom qismidagi shiferlar profnastilga almashtirildi. Fasad qismi va xonalar suvoqdan chiqarilib, pardoz ishlari boshlandi. Eski turdagi oynalar plastik romli oynalarga almashtirildi. Isitish tizimi to‘liq har xil turdagi plastik quvurlar bilan yangilandi. Binoning tungi yoritish tizimi iqtisodiy tejamkor chiroqlar bilan jihozlanadi.

Madaniyat saroyida 2 ta katta tomoshalar zali bo‘lib, ularning biri 350 o‘ringa mo‘ljallangan, iqkinchisi esa 120 o‘ringa mo‘ljallangan. Bundan tashqari, badiiy to‘garaklar uchun xonalar mavjud.

Binoning ta'mirlash ishlari 1-sentyabrga qadar yakunlanib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Ushbu zamonaviy qiyofaga keltirilgan madaniyat saroyi Parkent tumani aholisiga kombinatning bayram sovg‘asi bo‘lishi shubhasiz.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech