• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

JICA tashkiloti vakillari OKMKda

06 Iyul 2022, 13:15 1729

Bilamizki, tajriba va malaka almashinuvi va jarayonlarga sinalgan amaliyotning bevosita tadbiq etilishi natijadorlikni va samaradorlikni ta'minlaydi. Shu boisdan, yurtimizda halqaro hamkorlik aloqalari hamisha qo‘llab-quvvatlab kelingan. Ko‘plab  mamlakatlar bilan hamkorliklarni amalga oshirib kelayotgan korxona quvvatlarining yildan yilga o‘sib borishi esa rivojlangan mamlakatlarning tajribasiga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi. OKMKda esa bu borada doimo izlanishlar bardavom. Shu maqsadda 29 iyun kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi hamda uning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari OKMKga tashrif buyurdi. Shu o‘rinda JICA o‘zi qanday tashkilot degan savolga to‘xtalib o‘tish lozim bo‘ladi. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ( JICA nomi bilan tanilgan) ma'muriy agentlik hisoblanib 2003 yil 1 oktyabrda tashkil topgan.

JICA Yaponiyada har yili 8000 ga yaqin xorijiy davlat tadqiqotchilari muhandislari, o‘qituvchilari va jamoat yetakchilarini o‘qitish va malakasini oshirishda, shu bilan birga ularga ko‘maklashuvchi xalqaro markazlarni takomillashtirishda amaliy yordam berib keladi.

Bevosita hamkorlik  uchrashuviga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, tadbir avvalida kombinat va JICA tashkiloti mutaxassislari Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlari faoliyati bilan tanishishdi. OKMKning eng asosiy mis-porfirli  rudalari konida olib boriladigan jarayonlar, uning quvvati va istiqbollari haqida  texnik bo‘limi boshlig‘i Abduqahhor  Saynazarov tomonidan mehmonlarga batafsil ma'umotlar berildi. Shuningdek, o‘quv markazi rahbari Doniyor Karimov tomonidan markaz vakillari va mutaxassis hodimlar tomonidan xorijlik mehmonlarni qiziqtirgan savollarga yetarli javoblar berib o‘tildi.

Tashrif davomida Akita Universiteti professori, Xokkaydo va Osaka universitetlari lektori, kon-qidiruv ishlari bo‘yicha ekspert, doktor Yoshitaka Xosoi boshchiligidagi mehmonlao “Konchilik va metallurgiya sanoati” yo‘nalishida xalqaro tajribaga tayangan taqdimotlarni namoyish etishdi. Uchrashuvda doktor Yositaka Xosoi tomonidan tog‘-kon sohasida rivojlanayotgan mamlakatlar biland aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi har ikki tomon uchun ham manfaatli va samarador bo‘lishi ekanligi ta'kidlandi. Suhbat davomida kadrlar malakasini oshirish masalasi ham muhokama qilindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech