• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Doimiy ogohlik – davr talabi

04 Fevral 2025, 13:40 432

“Olmaliq KMK” AJning “Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchkisi va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, kombinat hududlarida tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar va favqulodda hodisalardan muhofaza qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, kombinat tarkibiy bo‘linmalari va hududlarida 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda suv toshqini, sel oqimlari, yer koʻchkisi va qor koʻchkisi hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, tarkibiy bo‘linmalarga biriktirilgan va ular hududidan oqib o‘tuvchi daryolar, kanallar qirg‘oqlarni, to‘g‘onlarni mustahkamlash uchun 18 292 m³ toshlar, shag‘allar yotqizildi.

Tarkibiy bo‘linmalarga biriktirilgan suv toshqini xavfli hududlarida 69 553 m³ yirik tosh bo‘laklari zahiralari tashkil etildi.

Tarkibiy bo‘linmalarga biriktirilgan va ular hududidan oqib o‘tuvchi soylar, daryolar, kanallar, irrigatsiya ariqlari 14 493 m masofada loy, qum, shag‘allardan tozalash ishlari hamda 2580 m masofada chuqurlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Tarkibiy bo‘linmalarda mavjud suv quvurlari, suv olish va kollektorlar 2594 m³ hajmda loy va qumdan tozalandi.

Tarkibiy bo‘linmalarga biriktirilgan ko‘priklarni mustahkamlash uchun 1798 m³ hajmda ballast yotqizildi.                                                                                                                      

3626 m³ tosh boʻlaklarini yuklash, tushirish, tashish va tozalash ishlari amalga oshirildi.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 472 nafar ishchi-xodimlar hamda 102 dona maxsus texnikalar va turli asbob-uskunalar jalb qilindi.                                                                                                           

O‘tgan 2024-yil davomida toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchkisi va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar ro‘y bermadi.

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining “Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, “Olmaliq KMK” AJ korxonalarida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar va favqulodda hodisalardan muhofaza qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrug‘i hamda  favqulodda hodisalardan muhofaza qilish boʻyicha asosiy tadbirlar REJASI ishlab chiqildi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalari hamda ularning hududlarida toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchkisi va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish ushbu tadbirlar rejasining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Rejaning asosiy vazifalari bahor-yozgi suv toshqinlari mavsumida suv oʻzanlarining avariyasiz oʻtkazish quvvatlarini ta’minlash maqsadida kechiktirib boʻlmaydigan muhofaza, himoya tadbirlari va avariya-tiklash ishlari bajarib borilishini ta’minlash sanaladi.

Shuningdek, daryolar, gidroinshoatlar va soylar qirgʻoqlarida noruda qurilish materiallari, karyerlari sanktsiyalanmagan ravishda qurilishi va qazib borilishi, boshqa xoʻjalik faoliyati yoʻlga qoʻyilishi tufayli daryo, kanal va soylarning oʻtkazish qobiliyatlari kamayishiga olib keladigan holatlarga yoʻl qoʻymaslik rejadan o`rin olgan.

Toʻxtovsiz yogʻingarchiliklar davrida kombinatga biriktirilgan daryo va soylarda sath oʻlchovlarini amalga oshirib borish, kombinatning marksheyderlik va geologiya xizmatlari bilan hamkorlikda xavfli geologik faollashgan zonalardagi geologik jarayonlarning uzluksiz monitoringini olib borish k`ozda tutligan.

Chiqindilarni toʻplash ombori himoya parametrlari va  suvlarni oʻtkazish tizimlari bort(cheka)lari, oʻtkaziladigan suvlar, suv havzalari, quduqlar sathi, oʻzi tabiiy oquvchi suv yoʻllari, koʻpriklar, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari peregonlari, koʻchki koʻchishi, sel kelishiga xavfli uchastkalar, tozalash toʻplab borish inshoatlari, havo LEP liniyalari, ehtimolli suv toshqinlari yuz beradigan zonalardagi gidroinshoatlar doimiy ravishda kuzatib borilishini ta’minlash ham rejada belgilangan.

Tarkibiy bo‘linmalarning favqulodda vaziyatlar sharoitlarida harakatlanishga doimiy hozirligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, xodimlar salomatligi va hayotini, moddiy boyliklarni himoya qilish, shuningdek favqulodda vaziyatlarda uning oqibatlarini bartaraf etish va talofatlar hajmini kamaytirish choralarini ko‘rish rejalashtirilgan.

Xabardor qilishning lokal tizimlarini yaratish va doimiy shay holatda saqlab borish  hamda favqulodda vaziyat xavfi yoki yuz berishida  oʻz vaqtida xabarlar berilishini amalga oshirish ko`zda tutilgan.

Favqulodda vaziyat yuz berish ehtimollarini hisobga olgan holda moddiy va moliyaviy manbalar zahiralarini belgilangan tartibda yaratib borish, doimiy ravishda ehtimolli favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya va profilaktik tadbirlari mashg‘ulotlarini  olib borish rejada belgilangan.

Ushbu vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi kombinatning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Qahramon Dushanov,

OKMK Fuqaro muhofazasi otryadi komandiri

Bo`lishmoq:
Text to speech