• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Doimo bor bo‘lsin ezgulik

07 May 2022, 8:14 1642

Har bir bayram arafasida OKMK rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan bir qator xayrli ishlar amalga oshirib kelinadi. Jumladan, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan OKMK xodimlar kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan 163 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj pensionerlarga, 35 nafar boquvchisini  yo‘qotgan oilalarga oziq-ovqat jamlanmalari tuhfa etildi.

Shuningdek, OKMK tomonidan 3 nafar ikkinchi jahon  urushi va 34 nafar mehnat fronti  faxriylari, 2 nafar O‘zbekiston qahramoni, 57 nafar afg‘on urushi qatnashchilari hamda Chernobil AESi halokatini bartaraf etishda ishtirok etganlarga ham o‘zida 9 xil oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat jamlanmalar topshirildi.

Yana bir ahamiyatga molik jihat xayriya hashari kombinat xodimlari kasaba uyushmasi faollari hamda yoshlar tomonidan ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarining xonadonlarida hayriya hasharlari ham tashkil etilmoqda. Ushbu hasharlar davomida faollar nuroniylarning xonadonlarini tartibga keltirib, uy yumushlariga yordam berishayapti.

Bu kabi ezgu amallar va g‘amxo‘rlikdan xursand bo‘lgan nuroniylar tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, Yaratgandan yurt tinchligini so‘rab duo qilishmoqda.

Bundan tashqari, OKMK boshqaruvi raisining buyrug‘iga ko‘ra, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari, afg‘on urushi qatnashchilari hamda Chernobil AES halokatini bartaraf etishda ishtirok etganlar rag‘batlantiriladi.

Unga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi faxriylariga(3 nafar) 5 mln so‘mdan, mehnat fronti faxriylariga(34 nafar) 3,5 mln so‘mdan, afg‘on urushi qatnashchilari(257 nafar) hamda Chernobil AES halokatini bartaraf etishda ishtirok etganlar(14 nafar)ga 1,5 mln so‘mdan pul mablag‘lari topshirilmoqda.

- Har bir ayyom arafasida kombinat mas'ullari muntazam ravishda bizning holimizdan xabar olishib, e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelishadi. Bizga ko‘rsatilayotgan ehtiromdan boshimiz ko‘kka yetdi. Fursatdan foydalanib, kombinat rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz, - deydi  Ikkinchi jahon urushi faxriysi Marina Bryuxoveskaya.

Ajdodlarimzning so‘nmas jasoratini xotiramizda mangu saqlash, keksalarimizni tirikligida qadriga yetish barchamiz uchun ham qarz ham farzdir.

Feruza Bazarova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassisi

Bo`lishmoq:
Text to speech