Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Dolzarb 30 kun”: Befarqlikka o‘rin yo‘q

08 May 2026, 10:50 73

Ma’lumki, Hukumat komissiyasining tegishli qarorlariga asosan, joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar yurtimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” oyligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida OKMK obyektlarida Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam ravishda profilaktik tadbirlar tashkil etilayapti.
Jumladan, navbatdagi profilaktik uchrashuvlar “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti mehnat jamoasi faoliyat yuritayotgan “Yoshlik-1” koni hududida joylashgan texnologik transport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish obyektining qurilish maydonida hamda Inovasion texnologiyalarni ishlab chiqarish va tatbiq etish markazining Tajriba-boyitish fabrikasi hamda Rux zavodida o‘tkazildi.
Tadbirlarda bo‘lim boshlig’i A.Axrorov, inspektorlar A.Kopsova, D.Kurbanova, Yu.Saydaliyeva, Sh.Ahrorqulova, A.Bulyasheva hamda Q.Abduvaitovlar ishchi-xodimlarni xavfsizlik masalalarida faol bo‘lishga chorladilar. Muloqot davomida bo‘lim xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish tartibi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan samarali foydalanish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha keng tushunchalar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ishchi-xodimlarga yong‘in-qutqaruv texnikasi va undagi mavjud vositalarning qanday ishlashi namoyish etildi. Tadbir yakunida esa yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha maxsus amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
O‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — korxona ishchi va xizmatchilarining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda jamoada yuqori xavfsizlik madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech