Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda kadmiy va rux kuporosi ishlab chiqarish rejasi muddatidan oldin bajarildi

25 Noyabr 2025, 14:12 400

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Rux zavodi mehnat jamoasi tomonidan kadmiy metalli va rux kuporosi ishlab chiqarish bo‘yicha yillik prognoz rejasi muddatidan avval bajarishga muvaffaq boʻlishdi.

E’tiborlisi, kadmiy metalli bo‘yicha prognoz 157,2%ga, rux kuporosi ishlab chiqarish vazifasi esa 182% ga bajarildi.

Rux zavodining ushbu mahsulotlari Hindiston va Tojikiston kabi mamlakatlariga eksport qilinadi. Shuningdek, rux kuporosidan Xondiza kon boshqarmasida reagent sifatida foydalaniladi.

Aytish joizki, kadmiy metalli tabiatda nisbatan kam tarqalgan bo‘lib, asosan rux rudasida (masalan, sfaleritda) qo‘shimcha element sifatida uchraydi. Sanoatda ham kadmiy rux ishlab chiqarish jarayonida qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadi.

Kadmiy elektrotexnika, mashinasozlik uchun qotishmalar ishlab chiqarishda, metallarga korroziyaga qarshi qoplamalar qoplashda, atom sanoatida va noorganik bo‘yoq moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Rux kuporosi esa viskoza, mineral bo‘yoqlar, glazur ishlab chiqarishda, metallurgiyada (flotoreagent), tibbiyotda, qishloq xo‘jaligida, energiyaning kimyoviy manbalari bo‘lgan akkumlyatorlarda ishlatiladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech