"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugungi kunda ilm-fan va texnologiyalar jadal sur’atlarda rivojlanib, hayotimizning barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, konchilik sanoatida raqamli yechimlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aniq o‘lchovlarni ta’minlash hamda xavfsizlik darajasini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilyapti.
OKMK marksheyderlari ham ushbu jarayonlardan chetda qolmay, faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llashni boshladilar. Xususan, Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlarida endilikda sanoat dronlari yordamida relyefni tezkor va yuqori aniqlikda o‘lchash, 3D modellar yaratish, burg‘ilash rejasini tuzish va ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: LiDAR skaneri bilan jihozlangan uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar soniyasiga millionlab impuls yuborib, o‘simliklar orasidan ham yer sathining aniq tasvirini olish imkonini beradi. Natijada relyefning batafsil raqamli modeli, hajm hisoblari va geodezik konturlar aniqlanadi. An’anaviy usullar bilan taqqoslaganda bu jarayon tezroq, xavfsizroq va ishonchliroq hisoblanadi.
Parvoz davomida tasvirga olingan ma’lumotlar Datamine dasturiy ta’minotiga yuklanadi. Bu yerda mutaxassislar nuqtalar bulutini qayta ishlaydi, tarmoq hosil qiladi, konning yangilangan 3D shaklini tuzadi hamda bloklarning geometriyasini aniqlashtiradi. Ochiq kon ishlari uchun Studio OP dasturi yordamida loyihalash va tezkor rejalashtirish vazifalari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, DataBlast moduli burg‘ilash-portlatish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishda keng qo’llanilmoqda.
Dronlardan samarali foydalanish uchun OKMK ijro apparati va tarkibiy bo‘linmalarining marksheyderlik xizmatida faoliyat yurituvchi yigirmaga yaqin mutaxassislar maxsus o‘quv markazida malaka oshirish kurslarini tamomlashdi. Sertifikatga ega bo‘lgan xodimlar bugun ishlab chiqarish jarayonlarida zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanib, marksheyderlik ishlarini yuqori aniqlik va tezkorlik bilan olib borishyapti.
Xulosa o‘rnida aytish mumikinki dronlardan foydalanish orqali konchilik sohasida yangicha yondashuv va yuqori samaradorlikga erishilmoqda. Yangi texnologiyalar marksheyderlarga qisqa vaqt ichida keng ko‘lamli ma’lumot olish, ishlab chiqarishni yanada samarali tashkil etish imkonin beradi. Eng muhimi — ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlaydi.
Axborot xizmati