Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Dual ta’lim borasidagi kombinat tajribasi tanishtirildi

25 Dekabr 2025, 8:57 542

Joriy yilning 24-dekabr kuni D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filiali binosida “Dual ta’limni tashkil etish, boshqarish hamda zamonaviy ta’lim metodlari va metodologiyasi” mavzusida o‘quv-malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kursida tinglovchilarga OKMK O‘quv markazi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi xodimlari hamda MTTU MISiS Olmaliq filiali mas’ullari tomonidan ma’ruzalar o‘tildi.

Ushbu o‘quv kurslari Angren texnologiya texnikumi o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi murabbiy (ustalari)lari uchun tashkil etilgan bo‘lib, asosiy e’tibor ularning kasbiy, pedagogik hamda metodik salohiyatini yana-da yuksaltirishga qaratilib, kombinat tajribasi ham batafsil tushuntirildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida Angren texnologiya texnikumida bazasida mahalliy kimyo korxonalarining xodimlari uchun video lavhalari ham taqdim etildi.

Shuningdek, tinglovchilar “Olmaliq KMK” AJ va “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali o‘rtasidagi samarali hamkorlik va dual talim yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Bu kabi o‘quv kurslari dual ta’lim tizimi asosida malakali o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash hamda malaka oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi, sanoat korxonalari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash borasida ilg‘or tajriba almashishga xizmat qiladi.

Ulug‘bek Igamberdiyev,

O‘quv markazi yetakchi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech