• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Dual ta'lim bo‘yicha har tomonlama foydali uchrashuv

03 Iyul 2024, 8:27 860

Kuni kecha OKMK xodimlar bilan ishlash bo‘yicha xizmat, O‘quv markazi, muhandislik maktabi, Olmaliq kon-metallurgiya kolleji, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali mas'ullari hamda Germaniyaning “German industry and Commerce” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Dual ta'lim dasturini amalga oshirish – tajriba, muammolar, istiqbollar” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda loyihaning muhokama jarayonida “German industry and Commerce” kompaniyasi vakillariga kombinatda talab qilinadigan oliy ta'lim mutaxassisliklari hamda elektropayvandchi, elektrouskunalar ta'miri bo‘yicha elektromontyor, tokar kabi mutaxassisliklarga e'tibor qaratish taklifi bildirildi.

Uchrashuvda tomonlar bir qator masalalar bo‘yicha kelishib olindi. Xususan, O‘zbekiston hududida dual ta'lim tizimini joriy etish bo‘yicha hujjatlar muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan uchrashish belgilandi.

Shuningdek, kombinat mutaxassislari “German industry and Commerce” kompaniyasiga rangli metallar ishlab chiqarish bo‘yicha texnolog kasbiga qo‘yiladigan malaka talablarini taqdim etishi belgilandi.

Bundan tashqari, “German industry and Commerce” kompaniyasi vakillari kombinat va Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialiga rangli metallar ishlab chiqarish va mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik sanoatini jihozlash va avtomatlashtirish bo‘yicha texnologga bo‘lgan talab to‘g‘risidagi qoidalar tarjimasining muqobilini topshiradigan bo‘lishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech