• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Samarali modernizatsiya: Issiqlik elektr markazi uchun kelajakka qadam

07 Dekabr 2023, 8:41 970

Zamonaviy korxonada texnologik jarayonni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy qilish yuqori samarali ishlab chiqarishni yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir.  Ushbu fikrlarimizning amaldagi ifodasini Issiqlik elektr markazida bajarilgan modernizatsiya ishlari misolida ko‘rishimiz mumkin.

Xususan, kuni kecha Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi va Issiqlik elektr markazi mutaxassislari 3-turbogenerator hamda 5-Qozon agregatining nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika modernizatsiya qilish loyihasini muvaffaqiyatli yakunlashdi. 

Modernizatsiya jarayonida yangi IT14-40 indikatorlari o‘rnatilib, generator holatini nazorat qilish uchun bosim va harorat parametrlari sensorlari almashtirildi. 5-sonli qozonning avtomatlashtirilgan jarayoni uchun o‘lchash kanallarining ishlashi tiklandi. 

Shuningdek, ishga tushirish-sozlash ishlari bajarildi. Avtomatlashtirish tizimlaridagi bu o‘zgarishlar nafaqat texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini optimallashtirdi balki uskunaning barqaror ishlashini ham ta'minlaydi. Natijada, uskunalarni to‘xtab turish vaqtini qisqartirish va oldini olish evaziga soatiga 14 million so‘mlik harajatlarni kamaytirish imkoniyatiga erishildi. Bu esa katta iqtisodiy yutuq desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Umuman olganda, ushbu modernizatsiya nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirdi, balki uskunalarning ishlashini yaxshilash va rejadan tashqari to‘xtab qolish vaqtini qisqartirish orqali sezilarli iqtisodiy samaradorlikni ta'minlaydi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech