• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Energetika sexi – mehnat muhofazasi bilimdonligi bo‘yicha eng yaxshi sex!

28 Aprel 2022, 9:39 1747

27-aprel kuni “Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasida Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlab, fabrika Yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limlari tomonidan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “Mehnat muhofazasi bilimdonligi bo‘yicha eng yaxshi sex-2022” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov ishtirokchilari mehnat muhofazasi qonunchiligi bo‘yicha “Breyn-ring” intellektual tanlovida bellashishdi.

Tanlovda MBFning 1-Maydalash sexi, 2-maydalash va boyitish majmuasi, Yanchish va flotasiya sexi, Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi, Chiqitlar to‘plash sexi, Energetika sexi, Ixtisoslashtirilgan ta'mir-montaj sexi, Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv xizmati va Ta'mir-mexanika bo‘linmasi mehnat muxofazasi bo‘yicha bosh vakillari o‘z jamoalari bilan ishtirok etishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Energetika sexi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Mehnat muhofazasi ko‘chma kubogi va pul mukofotiga ega bo‘lishdi.

Ikkinchi o‘rinni esa 2-Maydalash va boyitish majmuasi jamoasi egalladi.

Uchinchi o‘rin Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv xizmatiga nasib etdi. Uchta sovrinli o‘rinlar ham diplom va pul mukofotlari bilan mukofotlanishdi.

So‘ngi shartda "Eng bilimdon mehnat muxofazasi bo‘yicha bosh vakil" nominasiyasini Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexidan Mansur Ne'matullayev qo‘lga kiritib, diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida 2 avlod uchrashuvi tashkil etildi. Unda mehnat faxriylari yoshlar bilan muloqot qilishib, tajriba almashinishdi.

Fabrika havaskor shoir va shoiralari Xudoyorxon Yunusov va Malika Begimovalar mehnat muxofazasi bo‘yicha yozgan she'rlarini o‘qib eshittirishdi.

Ulug‘bek Alimov, MBF Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Ilhom Abdullayev, MBF Yoshlar ittifoqi raisi v.b

Bo`lishmoq:
Text to speech