Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 18 avgust kuni Texnologik transport boshqarmasida “Eng yaxshi BelAZ haydovchisi” kasb mahorati ko‘rik tanlovi tashkil etildi.
“BelAZ-75131” rusumli avtosamosval haydovchilari o‘rtasida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar birinchi bosqichda o‘z kasblari bo‘yicha nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Birinchi bosqichda eng ko‘p ball to‘plagan 6 nafar ishtirokchi ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar simulyator yordamida avtosamosvalning nosozligini aniqlashi, joyidan qo‘zg‘atish, harakatlanish, to‘xtash, yukni to‘kish joyiga orqalab kirish, yukni bo‘shatish kabi vazifalarni amalda ko‘rsatib berishdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, barcha shartlari a'lo darajada bajargan 3-sonli transport sexi vakili Abbos Safarov, “Eng yaxshi BelAZ haydovchisi” nomiga sazovor bo‘ldi.
2-sonli tansport sexi ishchisi Murod Abdukarimov ikkinchi o‘rinni, 3-sonli transport sexi ishchisi Bekmurod Usarov uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblar pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Odil Pirmatov,
TTB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi