• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

«Eng yaxshi hamshira-2024»

10 Iyun 2024, 11:29 677

Joriy yilning 7 iyun kuni “Metallurg” MSda Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Eng yaxshi hamshira-2024” kasb mahorati tanlovi boʻlib oʻtdi.

Unda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Tibbiy sanitariya qismi hamda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan hamshiralar ishtirok etishdi.

Tanlovda ishtirokchilar dastlab tanishtiruv sharti boʻyicha bellashdilar.Ushbu shartda ishtirokchilar, shaxsi, kasbi, xizmat vazifasini bajarishda qaysi me’yoriy hujjatlarga amal qilishlari haqida 4 daqiqada ma’lumot berishlari talab etildi.

2-shartda esa hamshiralar tibbiyot boʻyicha savollarga javob berishlari hamda inson a’zolarining lotincha nomlarini 3 daqiqa ichida izohlab berishi soʻraldi.

3-shartda hamshiralar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy koʻnikmalarini namoyish etib berishdi. Bunda ishtirokchilar dismurgiya, ochiq va yopiq suyak sinishlarida taxtakachlash, qon ketishlarini toʻxtatish, jonlantirish usullarini koʻrsatib berishdi.

Tanlovning oxirgi shartida hamshiralari oʻz ijodkorligini namoyish etishdi.

Tanlov natijalariga koʻra, 35-sonli MTT katta hamshirasi Mahbuba Umrzoqova “Eng zoʻr ijodkor hamshira”,  Angren kon boshqarmasi, Oltin saralash fabrikasi navbatchi hamshirasi Ruxsora Ismailova “Eng mas’uliyatli hamshira” nominatsiyalariga loyiq koʻrildi.

Kovuldi koni navbatchi hamshirasi Dilichehra Karimova esa “Eng intiluvchan hamshira” nomiga sazovor boʻldi.

Tibbiy sanitar qismi nevropatolog hamshirasi Maftuna Salimboeva esa “Eng mehribon hamshira” nominanti boʻldi.

33-sonli MTT katta hamshirasa Dilrabo Karimova faxrli 3-oʻrinni egallab, “Eng faol targʻibotchi hamshira” nominatsiyasiga loyiq koʻrildi.

20-sonli MTT katta hamshirasi Feruza Babaeva 2-oʻringa sazovor boʻlib, “Eng tashabbuskor hamshira” nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.

Tibbiy sanitariya qismi muolaja hamshirasi Sarvinoz Saydalieva mutlaq gʻolib bo’lib, “Eng yaxshi hamshira-2024” deya e’tirof etildi.

Tanlov gʻoliblariga diplom va pul mukofotlari tuhfa etildi.

Umida Djalilova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi

tashkiliy masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisi

Bo`lishmoq:
Text to speech