Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi hamshira-2026”

23 Iyun 2026, 8:20 155

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kun hamda Xalqaro hamshiralari kuni munosabati bilan OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tasarrufidagi Tibbiy-sanitariya qismi hamshiralari o‘rtasida “Eng yaxshi hamshira-2026” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan Tibbiy-sanitariya qismi bosh shifokori Abdujabbor To‘xtaboyev mamlakatimizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. - Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirishda o‘rta tibbiyot xodimlarining, xususan, hamshiralarning o‘rni beqiyos. Tibbiy-sanitariya qismimizda faoliyat yuritayotgan har bir hamshira nafaqat yuqori malakali mutaxassis, balki bemorlar salomatligi yo‘lida kecha-yu kunduz xizmat qiluvchi haqiqiy fidoyi kasb egasidir”, — deya ta’kidladi bosh shifokor.

“Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” shiori ostida o‘tkazilgan tanlovda ishtirokchilar tanishtiruv, tibbiyot bo‘yicha savol-javoblar, umumiy standrtlardan foydalangan holda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar, ijodkorligini namoyish etish kabi shartlarda bellashdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, faxrli uchinchi o‘ringa Shoira Djurayeva va Nadima Karimovalar munosib ko‘rildi.

Ulmanoy Mingboyeva ikkinchi o‘rinni egalladi.

Barcha shartlarni a’lo darajada bajargan Nasiba Yunisaliyeva g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Eng yaxshi hamshira”, deya e’tirof etildi.

Shuningdek, tanlovda ishtirokchilar qayd etgan natijalari bo‘yicha “Eng latofatli hamshira”, “Eng chaqqon hamshira”, “Eng quvnoq hamshira”, “Eng zukko hamshira”, “Eng mehribon hamshira” kabi nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantirildi.

Tanlov g‘oliblariga pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur ko‘rik-tanlov hamshiralarning kasbiy mahoratini namoyish etish, o‘zaro tajriba almashish va sohadagi ilg‘or yangiliklarni ommalashtirish maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etish darajalarini sinovdan o‘tkazdilar. Bu kabi tadbirlar xodimlarning ishga bo‘lgan mas’uliyati va ishtiyoqini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Barno Ergasheva,
Tibbiy-sanitariya qismi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech