Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi ish taqsimlovchi”

26 Fevral 2026, 8:53 171

Kuni kecha Mis eritish zavodida zavod Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Xotin-qizlar va gender tengligi maslahat kengashi hamkorligida “Eng yaxshi ish taqsimlovchi” kasb mahorati tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar o‘z kasbiy mahoratini namoyish etib, ishni samarali rejalashtirish, Mehnat kodeksi va jamoa shartnomasi asosida ish yuritish hamda jamoa bilan hamkorlik qilish bo‘yicha baholandi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, uchinchi o‘ringa Sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexi ish taqsimlovchisi Malikaxon Hasanova loyiq ko‘rildi.

Ikkinchi o‘rinni Kamyob metallar ishlab chiqarish sexi ish taqsimlovchisi Muxlisa Tursunova egalladi.

Nazorat o‘lchash asboblari va avtomatika sexi ish taqsimlovchisi Baxtiniso Buranova g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Eng yaxshi ish taqsimlovchi”, deya e’tirof etildi.

G‘oliblar pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Bu kabi tanlovlar korxonada mehnat unumdorligini oshirish va xodimlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.

Xurshida Pardabayeva,

MEZ Xotin-qizlar va gender tengligi maslahat kengashi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech