Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil aniqlandi

29 Aprel 2026, 8:31 416

Butunjahon mehnat muhofazasi kuni munosabati bilan Rux zavodida “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” shiori ostida ishchi-xodimlar o‘rtasida mehnat muhofazasi madaniyatini yuksaltirish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish va xodimlarning malakasini oshirish maqsadida “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov nizomiga muvofiq, ishtirokchilar ikki bosqichda o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar. Jumladan, amaliy bosqichda kundalik ish jarayonida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini ko‘rsatishgan bo‘lsa, nazariy bosqichda sohaga oid qonun-qoidalar, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha test sinovlariga javob berdilar.

Hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra, Energiya sexi vakili Sarvar Toirov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil” deya e’tirof etildi. Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash uchastkasi vakili Abror Rahimiy ikkinchi o‘rinni, Velslash sexi sharafini himoya qilgan Bekzod Ergashev esa uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblar tegishli darajadagi diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu kabi tadbirlar ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish va yosh mutaxassislarning mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dilshod YUNUSOV,

Rux zavodi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech