• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi ustoz shogird-2022”

30 Sentyabr 2022, 13:48 1830

“Olmaliq KMK AJ” da “Ustoz va shogird” an'analarini rivojlantirish orqali kelgusida malakali mutaxassis kadrlar zahirasini shaklantirish, yoshlarning kasbga oid bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, ularni ustozlariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida 1 oktabr - “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalari ishchi-xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ustoz-shogird-2022” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda elektrochilangar kasbida uzoq yillik mehnat tajribasiga ega ustozlar va ularning 30 yoshdan oshmagan shogirdlari jamoaviy tarzda qatnashishdi.

Tanlov 2 bosqichda bo‘lib o‘tdi.

Saralash bosqichida, yoshlar ustozlariga bag‘ishlangan she'r, qo‘shiq yoki monolog ijro etishlari lozim bo‘ldi. Bunda ularning sahna madaniyati va ijodkorliq qabiliyati baholandi. Jami bo‘lib 1-shartda 16 nafar ustoz-shogird ishtirok etishdi.

Eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 5 nafar qatnashuvchilar, 2-bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mazkur bosqichning o‘zi 4 ta shartdan iborat bo‘ldi. Bular:  amaliy, oshpazlik, bilimdonlar va “Ustozimga bag‘ishlayman” nomli erkin mavzulardir.

Amaliy shartda, ustozlar o‘z kasbining sir asrorlarini shogirdlariga qay darajada o‘rgatganliklari sinovdan o‘tkazildi. Bunda ishtirokchilar elektrotexnikaga oid amaliy topshiriqlarni bajarishdi.

Oshpazlik shartida esa tayyorlangan maxsus maydonda ma'lum vaqt oralig‘ida hakamlar hay'ati tomonidan taqdim etilgan bir xil turdagi va miqdordagi masalliqlaridan, o‘zbek milliy taomi – osh tayorlashlari lozim bo‘ldi.

Tanlovning final bosqichi joriy yilning 29-sentabr kuni “Metallurg” madaniyat saroyida o‘tkazildi.

Dastavval, qatnashuvchilar, ustozlari va o‘zlari to‘g‘risida qisqacha ma'lumot va mehnat faoliyatlari hamda ish vaqtida kasblariga yondashuvini aks ettiruvchi videolavhani namoyish etishdi. Ta'kidlab o‘tish joizki, har bir ishtirokchi mazkur shartga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rganliklari ularning videolavhasida aks etdi.

Shundan so‘ng, shogirdlarning intellektual salohiyati tekshirildi. Mazkur shartda boshlovchi tomonidan berilgan 10 ta mantiqiy savollarga qisqa vaqt ichida javob berishlari kerak bo‘ldi.

Tanvlo natijalarga ko‘ra, Qalmoqqir KB dan Tohir Begmatov va shogirdi Ilhom Tursinboyevlar “Yilning eng iqtidorli ustoz va shogirdi” nominasiyasiga ega bo‘lishdi.

Sanoat suv ta'minoti sexidan ishtirok etgan Murod Nurmatov va shogirdi Jasur Sadullayev “Yilning eng faol ustoz va shogirdi” deya e'tirof etildi

Issiqlik elektr markazidan ishtirok etgan Rustam Hasanov va shogirdi Erkin Uchqunov “Yilning eng istedodli ustoz va shogirdi” nominanti bo‘lishdi.

Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasidan qatnashgan Jahongir Rahmonov va shogirdi Dilshodxon Saydullayevlar “Yilning eng zukko ustoz shogirdi” nominatsiyasi g‘olibli bo‘lishdi.

Chodak kon boshqarmasidan ishtirok etgan Avaz Risqulov va shogirdi Sardor Akbarovlar “Eng yaxshi ustoz-shogird-2022” tanlovning mutloq g‘olibi sifatida e'tirof etildi.

Tanlovning barcha nominatsiya g‘oliblariga kombinatning Yoshlar ittifoqi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech