"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Eron Islom Respublikasi sanoat, konchilik va savdo vaziri o‘rinbosari Rizo Muhtashamiypur boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari A'zam Kadirxodjaev, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Murodbek Achilov hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zzargarsanoati” uyushmasi, Eron mis ishlab chiqarish milliy kompaniyasi, “Asia Zarin Madan Co” rangli metall qazib olish kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda har bir korxona va kompaniyalar, jumladan, OKMK faoliyati yuzasidan ma'lumotlar berishib, taqdimotlar o‘tkazishdi.
O‘zaro muzokaralar davomida mehmonlarga mamlakatimizda xorijiy investorlarga yaratib berilayotgan sharoitlar va imtiyozlar, amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
Eron Islom Respublikasi vakillari mis sanoati, misdan qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish sohasiga qiziqish bildirishdi.
Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, rivojlantirish masalalari, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Axborot xizmati