• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

E'tirof

14 Mart 2023, 13:32 1392

Xabaringiz bor, mamlakatimiz Prezidentining “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, OKMK Mis eritish zavodi misni elektrolizlash sexi kran mashinisti Ismailova Gavhar Abdumananovna “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Shu munosabat bilan kuni kecha OKMK Ijro apparatida Gavhar Ismailovani taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov ushbu mukofot davlatimiz rahbari tomonidan barcha kombinat xotin-qizlariga bo‘lgan e'tibor ekanligini ta'kidlab, o‘z samimiy tilaklarini bildirdi.

Tadbir davomida kombinat mas'ullari tomonidan ham Gavhar Ismailovaga ezgu tilaklar bildirildi.

- Menga bildirilgan ishonchdan boshim osmonga yetdi. Men kabi oddiy ishchi ayolning mehnatini ulug‘lagan muhtaram yurtboshimizga o‘z minnatdoriligimni bildiraman. Ushbu mukofot menga yanada kuch g‘ayrat, shijoat bag‘ishlaydi, barchangizga rahmat deydi, - Gavhar Ismailova.

Tadbirda OKMK rahbariyati tomonidan Gavhar Ismailovaga qimmatbaho sovg‘a tuhfa etildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech