• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

E'tirof

01 Avgust 2024, 8:11 906

Do‘stlik va tinchlik, birodarlik va qardoshlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik rishtalarini yanada yuksaltirish, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari o‘rtasida totuvlikni mustahkamlash maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 30-iyul sanasi yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni sifatida belgilanib, keng nishonlanib kelinmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan 30-iyul kuni tantanali tadbir tashkil etildi. Unda Prezidentimizning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Davlatimiz rahbarining qutlovida bugun dunyoda hukm surayotgan beqaror vaziyat sharoitida mamlakatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, totuvlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashning ahamiyati tobora ortib borayotgani alohida ta'kidlangan.

Qayd etilganidek, ko‘pmillatli va ko‘pmadaniyatli jamiyatni oqilona boshqarish sohasida O‘zbekiston muhim tajriba to‘pladi, bu boradagi faoliyatimiz dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mamlakatimizda millatlar va konfessiyalar o‘rtasidagi totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash siyosati izchil davom ettiriladi.

Tadbir doirasida "Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishonini topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Taqdirlanganlar orasida Respublika Ukrain madaniy markazi Olmaliq shahar bo‘limi raisi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Ijro apparati korporativ munosabatlar xizmati ro‘yxatga oluvchisi Tatyana Valeryevna Chistopolova ham borligi barchamizni quvontiradi.

OKMK mehnat jamoasi nomidan ushbu yuksak mukofot bilan Tatyana Valeryevna Chistopolovani muborakbod etib qolamiz.

Bo`lishmoq:
Text to speech